Goal24.uz » Европа жамоалари » Van der Sar: «Chempion bo‘lolmasligimizdan afsusdamiz»

Van der Sar: «Chempion bo‘lolmasligimizdan afsusdamiz»

Автор: admin

«Ayaks» sport direktori Edvin van der Sar Niderlandiya chempionatining muddatidan avval yakunlanishi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Amsterdam klubi  ligada 1-o‘rinda borayotgandi. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli mavsum bekor qilinib, hech bir klubga chempionlik berilmaydigan bo‘ldi.
«Futbolchilar doim chempion bo‘lishni xohlashadi. Biz butun mavsum davomida jadvalda peshqadamlik qilayotgandik, shuning uchun chempion bo‘lolmasligimizdan afsusdamiz.
Ammo vaziyatni hisobga olgan holda, mavsumning tugatilishi – to‘g‘ri qaror. Hozir futboldan ham muhimroq narsalar bor», – deb van der Sarning so‘zlarini keltiradi Goal.


71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *