Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Bu erda kim ortiqcha? "Atletiko Madrid" kimlar bilan xayrlashadi?

Bu erda kim ortiqcha? "Atletiko Madrid" kimlar bilan xayrlashadi?

Автор: admin

Bo'lajak transfer oynasi haqida gapimizni davom ettirgan holda, bugun "Atletiko Madrid" haqida gaplashamiz. Xo'sh, kim "matrasrichilar" ichida ortiqcha bo'lib qoldi? 

Bizni biroz boshqacha transfer oynasi kutib turgani aniq. Katta ehtimol bilan bu safar jamoalar pulga o'yinchi sotib olish o'rniga, futbolchilarni almashtirishga ko'proq intilsalar kerak. Endi uyog'ini vaqt ko'rsatadi. 

"Atletiko" qanday o'ynashini barchamiz bilamiz. Ular uchun maqsadga etish, natijaga erishish eng muhimi. "CHolo" nima qilmoqchiligini aniq biladi va kim uning uslubiga to'g'ri kelmasa, chiqish eshigi ko'rsatiladi. Hozir "Atletiko"da 23ta futbolchi bor va yana 6 nafar o'yinchi ijaraga berib yuborilgan. Bu jamoa borasida gapirar ekanmiz nafaqat ko'p oylik olib jamoaga kerak bo'lmay qolganlar, balki o'zi ketishni o'ylaganlar ham bor. "Atletiko" etakchilarini sotishdan charchagani aniq. Lekin ular shuni istasa, g'aznaga keladigan mo'may pullarga qarshilik qilishmaydi. Bu erda futbolchilarni ikki guruhga bo'lsak to'g'ri bo'ladi chamamda: birinchisi, jamoani kuchaytira olmayotgani uchun ketishi kerak bo'lganlar, ikkinchisi, yangi daraja, yangi chaqiruv istayotganlar.          

"Atletiko"da kim ortiqcha?
Toma Lemar (Franciya)
Franciyalik ikki yil oldin "Atletiko"ga ko'chib o'tdi — aqlbovar qilmaydi, lekin transfer summasi 70 million evro bo'lgandi. Ammo hech qaysi jihati bilan jamoaning muhim vakiliga aylana olmadi. "Matraschilar"ning o'yin uslubi Jahon chempioniniki bilan mos kelmadi. Bundan tashqari, Diego Simeone bilan munosabatlari ham juda yaqin deb bo'lmaydi. Lemarning "Atletiko"dagi statistikasi ham maqtashga arzigulik emas: 67 o'yinda 3ta gol — bazi himoyachilar ham bundan ko'proq gol uradi! Aslida qishdayoq, CHolo ochiqchasiga Toma jamoasiga kerakmasligini aytdi:
"Faktlar ortiqcha gapga o'rin qoldirmayapti: Lemar bildirilgan ishonchni oqlamadi, imkoniyatlarini to'liq ochib bera olmadi. U boshqalarda yo'q jihatlari bilan etiborimni tortgan va men doim unga ishonganman, lekin natijani siz ham ko'rib turibsiz. Lemar "Atletiko"da qoladimi? Men bilmayman, lekin agentlar juda yaxshi ishlashayotganini bilaman… "

Biroq qishda Toma Madridda qoldi va "Atletiko" bundan juda afsuslanayotgan bo'lsa ajab emas. CHunki koronavirus pandemiyasi sabab transfer narxlari keskin pasaydi. Yil avvalida Lemarni 50-60 million evroga sotish varianti bo'lgan bo'lsa, hozir "Transfermarkt" futbolchini 24 mlnga baholamoqda. Ammo nima bo'lsa ham, Jahon chempionidan qutilish kerak. 

SHime Vrsalko (Xorvatiya) yoki Santyago Arias (Kolumbiya)
"Atletiko"da hozir bir yo'la uch nafar o'ng qanot himoyachisi bor. Ular orasida aniq etakchi bor — angliyalik Kiran Tripper, aynan u La Liga va ECHLdagi o'yinlarning asosiy qismida maydonga tushdi. Kiranga hozirda bitta raqobatchi etarli, shu sabab bu juftlikning bir vakili ketishi shart. SHime va Santi bir yilda tavallud topgan va farq uch kun holos. Xorvatning shartnomasi 2022 yilgacha, kolumbiyalikniki — 2023 yilgacha amal qiladi. Ariasga "Inter"dan aniq taklif bor, o'tgan yil aynan shu klub Vrsalkoni ijaraga olgandi. 

Diego Kosta (Ispaniya)
Kosta — ha, u "Atletiko"ga juda mos keladigan futbolchi. Ammo endi uni yoshi o'tib bormoqda, jarohatlar soni ko'payib ketdi, lekin hamon katta. Diego faoliyatining eng omadli qismidan o'tib bo'ldi va keyingi yil yozda shartnomasi yakuniga etadi. Bo'lajak transfer oynasida "Atletiko" hali qanchadir pul ishlab qolishi mumkin. Bu mavsum Kosta 19 o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi. Londondan qaytgach, u "matraschilar"ga katta foyda keltirmadi.

Xayrlashish vaqti kelgandek. Diego o'zi shartnomani oxiriga qadar "Atletiko"da qolmoqda. Buni tushunish mumkin, u hozir qaerga ketadi? Qaergadir ketsa ham shartnoma shartlari bundan yomonroq bo'lsa bo'ladiki, yaxshilanmaydi. "Atletiko" ham vaziyatni tushunib turibdi va forvard bilan til topishish niyatida. "Matraschilar" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Mauro Ikardi, Edinson Kavani, Aleksandr Lyakazett, Arkadiush Milik, Alfredo Morelos va hatto Serdar Azmun variantlarini o'rganib chiqmoqda. 

Kim yaxshi narxga ketishi mumkin? 
"Atletiko"da hozir ikki futbolchi transfer narxi jihatidan o'z "pikiga" chiqqan va ko'plab top jamoalar qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Gap Saul Niges va Tomas Partey haqida bormoqda. Har ikkisi markaz futbolchilari, lekin Saul — universalligi bilan ham nom chiqargan. Bazi uchrashuvlarda u hatto chap qanot himoyasida ham maydonga tushdi. Qiziq tomoni "Atletiko" bu ikki futbolchi ketsa ham juda katta muammolarga duch kelmaydi. Ularning o'rniga meksikalik Errera va Markos Lorenteni qo'yish mumkin. Ularning ikkinchisi "Enfild"da asosiy tarkibda tusha olishini isbotlab ulgurdi.

Saul Niges (Ispaniya)
"Atletiko" Saul transferidan 75 million evro ishlab olmoqchi, asosiy davogar esa — "Manchester Yunayted". SHu o'rinda Niges shartnomasidagi tovon puli 150 mln evro qilib belgilanganini takidlash lozim. Ammo transfer bozorining hozirgi holati va narxlarni inobatga olsak, Saul uchun bu kosmik summadek.

Avvalroq "Barselona" ham Saul xizmatlariga qiziqish bildirgandi, lekin "Atletiko"ga sodiq futbolchi faoliyatini Ispaniyadagi boshqa klubda davom ettirmasa kerak.

Tomas Partey (Gana)
Partey ham Angliyaga yo'l olishi mumkin. "Arsenal" futbolchi bilan kelishuvga erishishga juda yaqin kelgandi, lekin endigi moliyaviy vaziyat "kanonir"lar rejalarini o'zgaritirib yuborgan bo'lsa ajab emas. Balki "matraschilar" Parteyni Lyakazettga almashtirishni taklif qilishar. Ammo "Arsenal" Tomas uchun yagona variant emas — Konte qo'l ostidagi "Inter" ham vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va imkon bo'lsa jim o'tirmasligi aniq.

186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *