Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» ter Shtegen bilan muzokarani to‘xtatgani sababi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» ter Shtegen bilan muzokarani to‘xtatgani sababi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi, deb yozmoqda Sport.
«Kataloniya klubi germaniyalik posbon bilan kelishuvni uzaytirmoqchi, ammo yangi shartnomadagi maoshning miqdori borasida kelisha olmayapti. Muzokaralar keyinga qoldirilgani sababi klub koronavirus pandemiyasidan keyingi davr uchun moliyaviy imkoniyati qay daraja bo‘lishi borasida aniq prognozga ega bo‘lmoqchi. Ter Shtegenning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan», - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, oldinroq Germaniya milliy jamoasi posboniga «Yuventus» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirgandi.


79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *