Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi 14 yoshida kimlar bilan to‘p surganini bilasizmi? Ular hozir qayerda?

Messi 14 yoshida kimlar bilan to‘p surganini bilasizmi? Ular hozir qayerda?

Автор: admin

Pike, Fabregas singari futbolchilar Leo Messi bilan bir avlod vakillari sifatida “Barselona” akademiyasida tahsil olgani hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, La Masiyaning Messi bilan tengdosh boshqa bitivchilari ham bor edi-ku,degan savol uyg‘onishi tabiiy. Bugun, aynan Leo bilan jamoadosh bo‘lsada, katta futbolda o‘zini ko‘rsata olmagan “Barsa” “yoshlari” bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.
PAO TORRES
Afsuski, ushbu posbon “Barselona” darvozasini bir soniya bo‘lsada qo‘riqlashga muvaffaq bo‘la olmadi. 9 yil davomida "Barsa”ning turli yoshdagi jamoalarida kiperlik vazifasini o‘tgan Torres hatto biror marotaba Primerabahslarida ham ishtirok etganiyo‘q.
Asosan Segunda klublari sharafini himoya qilgan futbolchi “Alaves” va “Valyadolid” safida harakat qilgan bo‘lsa-da, hech qachon asosiy darvozabon maqomini o‘ziniki qila olmadi. Segundaning atigi 11 ta uchrashuvidagina maydonga tushgan Pao bugungi kunda 32 yoshni qarshilab bo‘ldi. Ayni damda Ispaniyaning 3-4 divizionlarida o‘ralashib yuruvchi “Leyda” klubida asosiy darvozabon sanaladi.
MARK VALYENTE

2006-yilda himoyachi Ispaniya yoshlar tarkibida Yevropa chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritganida, barcha uning kelajagi porloq ekanligini taxmin qilgan edi. Afsuski, Mark atigi ikki bor “Barselona” safida kubok uchrashuvlarida maydonga tushdi xolos. Keyinchalik Segundada “Valyadolid” safida to‘p surgan futbolchi La Ligaga ko‘tarilgan bo‘lsada, o‘zini ko‘rsata olmadi va jonajon Segundaga qaytib ketdi.
27 yoshida Isroilning “Makkabi” jamoasida Mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi. Keyinchalik “Partizan”, “Eypen” jamoalarida to‘p surgach, 33 yoshida Xixonning “Sporting” klubiga qaytib keldi.
PITU
Afsuski, bu futbolchi haqida siz eshitmagansiz. Messi bilan birgalikda 4 yil “Barsa” yoshalari bilan shug‘ullangan futbolchi hatto Segundada ham to‘p surishga muvaffaq bo‘lmadi. O‘z faoliyati davomida "Sant Andre", "S.F. Vilanova", "Vilasar-de-Mar", "Serdanyola" singari quyi divizionlarda to‘p tepgan yarim himoyachi bugungi kunda 4-dvizionda “javlon urmoqda. E’tiborli shundaki, Pitu 33 yoshida ham butsalarini mixga ilmoqchi emas. Uning jamoasi yarimprofessional bo‘lgani bois, maktabda jismoniy tarbiyadan dars berishga ham imkon topmoqda.
FRANK SONGO’O

Kamerunlik futbolchi “Barselona B”da o‘ng qanot vingeri sifatda to‘p surgan. Qahramonimiz allaqachon 12ta klub safida to‘p surishga ulgurdi. O‘z faoliyatini Angliyada davom ettirayotgan hujumchi “Portsmunt” safida 3 bor APL uchrashuvida maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, Segundadagi "Malyorka", "Real Sosyedad", "Albasete" jamoalarida zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. 24 yoshida erkin egent maqomini olgan hujumchi omadini sinab ko‘rish uchun avvaliga MLSga, keyin Gresiyaga ravona bo‘ldi.
27 yoshli futbolchi Gresiyaning ikkinchi ligasida ham qo‘nim topishni uddalay olmagach, butsalarini erta mixga ilib yubordi. E’tiborlisi shundaki, atigi 9 yil davomida 12 bor jamoasini o‘zartirganidan boshqa hech narsa bilan yodimizda qolmadi.
JULIO DE DIOS
Markaziy yarim himoyachi nafaqat “Barselona”, balki Ispaniya oliy ligasining birorta jamoasida to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lmadi. De Dios 20 yoshga to‘lganida, Kataloniya klubi u bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgach, futbolchi uzoq muddat klubsiz qolib ketdi. Oqibatda, transfer oynasining so‘nggi soatlaridagina 3-dvizion vakili “Terras” bilan shartnoma imzlashdan boshqa chora topa olmadi. Mana 12 yildirki, Julio quyi liga klublarida to‘p surib kelmoqda. Achinarlisi shundaki, u hatto segundada ham o‘zini sinab ko‘ra olgani yo‘q.
Ayni damda, u ko‘pchilik uchun notanish bo‘lgan "Villarubiya" safida to‘p surmoqda. Afsuski, u shu jamoada ham asosiy tarkib futbolchisi sanalmaydi.
VIKTOR VASKES

Hujumkor yarim himoyachi “Barselona” safida atigi 3 bor maydonga tushganiga qaramay, naq 2 bor YECHLda zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan! 2011-yilning yoziga qadar klub sharafini himoya qilgan yarim himoyachining kelajagi porloq ekanligini ko‘pchilik bashorat qilganiga qaramay, Vaskes muxlislar ishonchini oqlay olmadi. Shunga qaramay, qahramonimizning faoliyatini omadsiz kechdi deb bo‘lmaydi. “Bryugge” safida mamlakat chempionligi, MLS chempionligini qo‘lga kiritgan qahramonimiz Qatar yulduzlar ligasida ham ko‘rinish berishga ulgurdi. ayni damda erkin agent maqomida klubsiz qolib ketganini inobatga olmasa, barchasi ko‘ngildagidek.
SITO RIYERA

21 yoshiga qadar “Barselona B” safida harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi kutilmaganda “Espanyol B”ga o‘tib ketadi. Afsuski, Kataloniyaning ikkinchi klubda ham asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagach, Gresiyaga yo‘l oladi. Yana omadsiz mavsum o‘tkazgach esa Odessaning “Chernomeres” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ukraina klubida 70 ga yaqin o‘yin o‘tkazgach,kutilmaganda,Qozog‘istonning “Qayrat” klubi safiga borib qo‘shiladi. 2018-yildan boshlab faoliyatini Kiprning “Enosis” jamoasida davom ettirmoqda. Uning faoliyatida bir nechta o‘rtamiyona klublar bo‘lganiga qaramay, Riyeradan juda ko‘pchilik ikkinchi Xavi bo‘lishini kutgan edi. Afsus, u hatto “Qayrat” uchun ham Xavi bo‘lishni uddalay olgani yo‘q.
TONI KALVO
2006yilda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan yana bir iqtidorli futbolchi bilan tanishing. Afsuski, Toni uchun o‘sha sovrin faoliyatidagi yagonaligicha qolib ketdi.
Tan olish lozim, u “Barselona B”da hech qachon asosiy jamoaga nomzod futbolchi bo‘lmagan. Hujumchi bo‘lishiga qaramay, klub uning imkoniyatlarini yaxshi bilgani bois o‘z safida olib qolish ilinjida bo‘lmagan. U ham ko‘plab ispaniyalik futbolchilar singari o‘z karyerasini Gresiyada qutqarib qolish “Aris” jamoaga ravona bo‘ladi. Keyinchalik “Parma” safida o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi, biroq klub moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgach, Bolgariya va Kipr birinchiliklarida o‘zini sinab ko‘radi. Bugungi kunda esa, Ispaniyaning 3-5 dvizionlarida harakat qiluvchi “Santboya” jamoa futbolchi sanaladi.
XUANXO KLAUSI
Bunday hujumchi haqida eshitganmisiz? Katta ehtimol bilan “Barsa”ning ashaddiy muxlislari ham Xuanxo haqida ma’lumotga ega emas. 20 yoshga qadar “Barsa”da qolishga umid qilgan shovvoz, keyin taqdirga tan berdi va faoliyatini quyi divizionlarda davom ettirishni boshladi. U "Katarroxa", "Alzira", "Mostoles" singari jamoalar sharafini himoya qilganiga qaramay, birorta klubning asosiy hujumchisiga aylana olmadi. Ayni damda Ispaniyaning 4-dvizion vakili “Paterna”da qo‘nim topgan.

248   
Добавить комментарий
Ваше имя: *