Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Obameyang uchun asosiy da’vogar klub ma’lum bo‘ldi

Obameyang uchun asosiy da’vogar klub ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Yozgi transfer oynasida «Arsenal» klubini tark etishi deyarli oydinlashgan Per-Emerik Obameyangga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
Le10Sport’ning yozishicha, gabonlik forvard uchun hozirga kelib «Inter» klubi asosiy da’vogarga aylangan. Klub bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsumda Obameyang va Lukakuni «Inter» hujum chizig‘ida ko‘rmoqchi. Milanliklar rahbariyati Lautaro Martinesni «Barselona»ga sotgan taqdirda Obameyang transferi bo‘yicha ish boshlamoqchi.
Avvalroq «MYU», «Chelsi», «Real», «Barselona» klublari ham qiziqish bildirgan 30 yoshli hujumchining «Arsenal» bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi. Forvard London klubi oldida jiddiy maqsadlar yo‘q ekanligi tufayli shartnomasini uzaytirmasligini bildirgan. 
Ma’lumot uchun, Obameyang ushbu mavsumda jami 32 o‘yinda 20ta golga mualliflik qilgan.


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *