Goal24.uz » Жаҳон » Paragvayda hibsga olingan Ronaldino pasporti soxta chiqqanligidan hayratda ekanligini aytdi

Paragvayda hibsga olingan Ronaldino pasporti soxta chiqqanligidan hayratda ekanligini aytdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Ronaldino Paragvayda soxta pasport bilan qo‘lga olinganidan keyingi birinchi intervyusini berdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u qachondir panjara ortiga tushishini xayoliga ham keltirmagan.
«Biz hujjatlarimiz soxta ekanligini bilib hayratda qoldik. Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz, bizdan talab qilinayotgan barcha narsani bajaryapmiz. Bunday vaziyatga tushaman deb sira o‘ylamagandim. Butun umrim davomida odamlarni o‘yinlarim bilan xursand qilishga harakat qilib kelganman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Ronaldino shuningdek, hurmat bilan munosabatda bo‘layotgan Paragvay hukumatiga minnatdorlik bildirdi. 
Ronaldino va uning ukasi mart oyi boshlarida Paragvayga soxta pasport bilan kirganlikda gumonlanib hibsga olingandi. https://kun.uz/news/2020/03/05/ronaldino-qalbaki-pasport-bilan-qolga-tushdi  
Ular 32 kun tergov izolyatorida saqlandi. 8 aprel kuni ular 1,6 mln dollar garov puli evaziga uy qamog‘iga o‘tkazildi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *