Goal24.uz » Ўзбекистон » Ispaniya nashri omadsizlar o‘nligini tuzdi: O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi eng omadsiz murabbiy deb topildi

Ispaniya nashri omadsizlar o‘nligini tuzdi: O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi eng omadsiz murabbiy deb topildi

Автор: admin

Ispaniyaning Marca nashri futbol tarixida katta o‘yinlarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan jahonning eng omadsiz futbolchi va murabbiylari ro‘yxatini tuzdi. 
Nashr talqiniga ko‘ra, futbol tarixidagi eng omadsiz futbolchi deb argentinalik Xaver Maskerano topilgan. «Barselona» sobiq futbolchisi faoliyati davomida jami 11ta finalda mag‘lubiyatga uchragan. Shu jumladan, Argentina milliy jamoasi bilan birga JCH-2014 va 2004, 2007, 2015, 2016 yillarda Amerika kubogi hal qiluvchi o‘yinida bosh sovrinsiz qolgan.
Shuningdek, Patris Evra va Aren Robben ham bu boradagi reytingning dastlabki uchligidan o‘rin olgan.
E’tiborlisi, Marca nashri O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuperni eng omadsiz murabbiy deb topib, futbol tarixidagi eng omadsizlar qatoriga kiritgan. Ro‘yxatning o‘nligidan 9 futbolchi va bir nafar murabbiy joy olgan. Gap shundaki, argentinalik murabbiy faoliyati davomida 6ta finalda, shu jumladan «Valensiya» klubi bilan Chempionlar ligasi finalida 2 marta alamli mag‘lubiyatlarga uchragan.
 
Omadsizlar o‘nligi bilan tanishing:
1. Xaver Maskerano (11 finalda mag‘lubiyat, shu jumladan JCH-2014, va 2004, 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogi finalida mag‘lubiyat).
2. Patris Evra (Chempionlar ligasi finalida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan futbolchi).
3. Aren Robben (6ta final: 2 marta YeCHL, 3 marta Superkubok va 2010 yilgi jahon chempionatidagi mag‘lubiyat).
4. Mixael Ballak (2008 yilda bir necha hafta ichida YeCHL finali va Yevro-2008 finalida mag‘lubiyatga uchragan).
5. Ektor Kuper (Faoliyati davomida 6ta finalda mag‘lubiyatga uchragan).
6. Alessandro Del Pero (YeCHLda 3 marta finalda va Yevro-2000 hal qiluvchi bahsida mag‘lub bo‘lgan).
7. Lotar Matteus (YeCHL va JCH finallarida 2 martadan mag‘lub bo‘lgan).
8. Gonsalo Iguain (YeCHL va Amerika kubogi finalida 2 marta mag‘lub bo‘lgan).
9. Janluiji Buffon (YeCHL finallarida 3 marta mag‘lubiyatga uchragan).
10. Antoni de Avila (Libertadores kubogi finalida 2ta alamli mag‘lubiyatga uchragan).


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *