Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Ter Stegen «Barselona» oldiga shart qo‘ydi

Ter Stegen «Barselona» oldiga shart qo‘ydi

Автор: admin

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Stegen amaldagi kelishuvni uzaytirish uchun klub oldiga yangi shartlarni qo‘ydi, deya yozmoqda Marca nashri.
Manbaning yozishicha, germaniyalik posbon yangi shartnoma imzolanishi uchun klubdan soliqlar to‘lovidan tashqari yillik 18 million yevro maosh so‘ramoqda. Kataloniya klubi ter Shtegenni o‘z safida qoldirishni istamoqda, biroq darvozabonga 18 mln yevro maosh berishga tayyor emas. Shu bois klub muzokara davomida nemis darvozabonining yangi shartini o‘zgartirishga harakat qilmoqchi. Qolaversa, kataloniyaliklar har ehtimolga qarshi «Ayaks» darvozaboni Andre Onanaga qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, ter Stegen «Barselona» safiga 2014 yil Myonxengladbaxning «Borussiya» klubidan 12 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan.


214   
Добавить комментарий
Ваше имя: *