Goal24.uz » Ўзбекистон » Eng qimmat legionerlarimiz

Eng qimmat legionerlarimiz

Автор: admin

Transfermarket o‘z narxlarini koronavirus sababli yangilaganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, endilikda o‘zbek futbolchilarining transfermarketdagi narxi qanday ko‘rinishda? Bugun transfermarket tomonidan eng qimmat o‘zbek futbolchili sifatida qayd etilgan 7 ta futbolchi bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.
Oston Urunov ("Ufa") — 900 ming yevro

Rossiya klubi safiga erkin agent maqomida qo‘shilgan yurtdoshimiz qisqa muddatda transfer narxi borasida katta o‘sishga erishdi. Shuningdek, uning maydondagi harakatlari ham ancha dadil. Afsuski, korona-tanaffus sababli uni hozircha RPLda ko‘rmayapmiz. Agarda yurtdoshimiz ortiqcha bosimlardan holi bo‘lgan xolda to‘p surishda davom etsa, tez orada bu ro‘yxatda ancha teparoqqa ko‘tarilishi mumkin. O‘z faoliyati davomida ilk bor legioner maqomida to‘p surayotgan futbolchimizning potensiali juda yuqori. Buni xatto shaxsan Andrey Kanchelskisning o‘zi ham e’tirof etdi. O‘zbekistonning turli yoshdagi jamoalarida sardor sifatida to‘p surgan vatandoshimizga kelajakdagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

Sardor Rashidov ("Qatar") — 900 ming yevro

Aslida, Sardorning transfer qiymati bundanda balandroq edi, biroq transfermarket portali futbolchilarni yoshi kattalashgani sari avtomatik ravishda narxini pasaytirib boradi. Ular xatto 6 bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Leo Messini ham ayab o‘tirmaganidan xabaringiz bor. Qahramonimiz biroz muddat Portugaliya chempionatida o‘zini sinab ko‘rdi va yana o‘zini yaxshi his qiluvchi Qatar yulduzlar ligasiga qaytib keldi. Bugungi kunda Sardor jamoasinig asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. O‘zining tezkorligi va ajoyib zarbalari bilan Qatar futbolni zabt etgan Rashidovni terma jamoamiz libosida yana ko‘rishni millionlab muxlislar sog‘inishgani rost.
Vitaliy Denisov ("Rotor") — 950 ming yevro

Denisov o‘z futbolchilik faoliyatini Rossiyada boshlagan bo‘lsada, hech qachon terma jamoamizga befarq bo‘lmagan. Chaqqon, tezkor va foydali futbolchi o‘z vaqitda “Lokomotiv” bilan RPL chempionligini qo‘lga kiritishga ham muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor. Ayni damda uning ishlari biroz yurishmayotgni rost. Afsuski, futbolda yillar o‘z ta’sirini barchaga ko‘rsatadi. Ayni damda “Rotor” safida to‘p surayotgan o‘zbek “Tor”i o‘z klubidagi eng qimmat futbolchilardan biri sanaladi.

Otabek Shukurov ("Sharja") — 1,6 million yevro

Shukurov “Sharja” jamoasining nafaqat legioneri, balki chinakam yetakchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgani quvonarli. Og‘ir jarohatdan so‘ng, yana safga qaytgan yarim himoyachi o‘z darajasiga chiqib olishga ulgurdi. BAA chempionatidagi legionerlarga bo‘lgan talab va shartlarning qay darajada yuqori ekanligini inobatga olsak, Otabekning almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylangani e’tiborga molik. Shukurov o‘zining so‘nggi intervyularidan birida Yevropadan taklif bo‘lish bilan albatta klubini almashtirishini ma’lum qildi. Agar u Yevropa klublaridan biriga o‘tsa, uning transfer qiymatida ham sezilarli o‘sish bo‘lishi turgan gap.

Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG") — 2 million yevro

Terma jamoami sardori, o‘zbek futbolining chinakam yuzi sifatida uzoq yillardan beri to‘p surib kelayotgan futbolchimiz o‘z vaqtida transfermarket tomonidan 6 million yevrogacha baholanganidan xabaringiz bor. Villian, Lassana Diara, Roberto Karlos, Eto'o singari super mega yulduzlari bor “Anji”da ham asosiy tarkibdan tushib qolmagan Ahmedov endilikda Halk, Oskar, Arnautovich kabi yulduzlar bilan “Shanxat SIPG” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Qahramonimizning Yoshi 30 dan oshgan bo‘lsada, uning transfer qiymati 2 million yevrodan kamayib ketmagani tahsinga sazovor.
Eldor Shomurodov ("Rostov") — 5,2 million yevro

Tez orada Yevropaning top-5 chempionatlaridan birida ko‘rinish berishi tahmin qilinayotan Eldor Shomurodovning bugungi kundagi transfer qiymati 5 milliondan oshib ketdi. Bu shunchaki boshlanishi xolos. Agar u hech yo‘q Bundesliga klublaridan biriga o‘tsa, bu summa tez orada yana ortishi turgan gap. O‘zbek futbolning bugungi avlodi ichida Eldor chinakam yulduz maqomiga har tomonlama mos keladi. Terma jamoa uchun ham, “Rostov” uchun ham birdek ter to‘kayotgan Eldor RPLning to‘puararlaridan biri bo‘lib turibdi. Agarda kelasi mavsumda “Rostov” yevrokuboglarda ko‘rnish bersa, Shomurodovning transfer qiymatida keskin ko‘tarilish yuz berishi aniq.

1 035   
Добавить комментарий
Ваше имя: *