Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Klopp himoyachi izlamoqda

Angliyaning “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda sifatli markaziy himoyachi harid qilishni reja qilmoqda.
Italiyaning TMW nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, nemis murabbiyi klub rahbarlariga Virjil bilan kelasi mavsumda tandemda Kalidu Kulibalini to‘p surishini istayotganini aytgan.
Kloppning fikricha, futboldagi krizis Kulibalining narxini keskin pasaytirishi aniq. Shu sababli, murabbiy klubdan Kulibaning transferini amalga oshirishini iltimos qilgan.
Sobolev qoladimi?
 
Moskvaning “Spartak” jamoasi “Krilo Sovetov”dan ijaraga olingan Aleksander Soboleev borasida yakuniy qarorga keldi.
Rus nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, Moskva klubi futbolchining o‘yinidan qoniqish xosil qilgan va uni jamoada olib qolish uchun 4,5 million yevrodan voz kechadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi bu mavsumda “Spartak” safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta assist yozib qo‘ydi.
“Barselona” o‘z so‘zini aytmoqchi
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi barchani hayron qoldirgancha, Koutinoning transferidan katta summa ishlab olishni reja qilmoqda.
Taniqli “Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchini 70 yoki 80 million yevroga ham qo‘yib yubormoqchi emas. Jamoa kamida 100 millionlik takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik pleymekerning hizmatlari bilan “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
“Bavariya” hujumchi izlamoqda
 
Myunhenning “Bavariya” jamoasi tez orada Robert Levandovskiyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan hujumchi izlash ishlarini boshlab yubordi.
“Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Robertning o‘rnini “Gent” jamoasi hujumchisi Jonatan Devid bo‘sishi mumkinligiga umid qilmoqda. 20 yoshli kanadalik futbolchining transferi bugungi kunda 20 million yevroga baholanayotgan bo‘lsada, Belgiya klubi hujumchini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, kanadalik hujumchiga shuningdek, «Milan», «Arsenal», «Chelsi», «MYU va «Borussiya D» klublari ham da’vogar.
Pochettino qaytadimi?
 
Argentinalik iqtidorli murabbiy Maurisio Pochettino yana katta futbolga qaytishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi. Qahramonimiz qachonlardir yana “Tottenhem”ga qaytishi mumkin ekanligiga ham sha’ma qildi.
Hozircha uning qaysi jamoada ish olib borishi aniq bo‘lib ulgurganicha yo‘q, biroq Britaniya nashrlari uni “Nyukasl”da ish boshlashini tahmin qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino “Tottenhem” bilan ajoyib mavsumlar o‘tkazgan bo‘lsada, “shporlar” bilan birorta musobaqada zafar quchmagan.
“Tottenhem”dan ko‘tarasiga transferlar
 
Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yozda bir yo‘la bir nechta futbolchisini sotuvga qo‘yishi ko‘zda tutilmoqda.
Jamoa kelasi mavsumda YECHLda ishtirok etmagani bois, klub Joze Mourinoga transferlar uchun katta mablag‘ ajratmasligi ma’lum bo‘ldi. Endi portugaliyalik murabbiy vaziyatdan o‘z futbolchilarini sotish orqali chiqib ketishni reja qilmoqda.
“The Times” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, yozda jamoani Xuan Foyt, Erik Dayer, Tangi Ndombele, Erik Lamela va xatto Davinson Sancheslar tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.
Manba xabar berishicha, katta ehtimol bilan Yan Vertongen ham yozda o‘ziga boshqa klub izlashni boshlaydi. Gap shundaki, u va klub o‘rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *