Goal24.uz » Жаҳон » Messi va Kakada keskin yuqorilash, top-10 ga kira olmagan Ronaldu. 2007-yilning eng qimmatbaho futbolchilari

Messi va Kakada keskin yuqorilash, top-10 ga kira olmagan Ronaldu. 2007-yilning eng qimmatbaho futbolchilari

Автор: admin

Transfermarkt portali 2007-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.
2007-yilda ham “Barselona” sobiq hujumchisi Ronaldinyo dunyoning eng qimmat futbolchisi nomini saqlab qolgandi (80 mililon yevro). Biroq keyingi ikki o‘rinda yangi nomlar paydo bo‘ladi. Yosh iqtidor egalari Kaka (70 million yevro)  va Lionel Messi (60 million yevro) reytingda katta o‘sishga erishadi. Shu yili Kaka “Oltin to‘p”ga egalik qilgandi. O‘sha vaqtlari porlab kelayotgan yana bir iqtidor egasi Krishtianu Ronaldu (34 million yevro) kuchli o‘nlikdan joy ololmagandi.
2007-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:
1. Ronaldinyo — 80 million yevro

Foto: Getty Images
2. Kaka — 70 million yevro

Foto: Getty Images
3. Lionel Messi — 60 million yevro

Foto: Getty Images
4. Tyerri Anri — 50 million yevro

Foto: Getty Images
5. Andrey Shevchenko — 46 million yevro

Foto: Getty Images
6. Rud van Nistelroy — 40,5 million yevro

Foto: Getty Images
7. Franchesko Totti — 40 million yevro

Foto: Getty Images
8. Frenk Lempard — 39,8 million yevro

Foto: Getty Images
9. Stiven Jerrard — 38,5 million yevro

Foto: Getty Images
10. Didye Drogba — 38,5 million yevro

Foto: Getty Images

To‘liq ro‘yxat:

Foto: Transfermarkt
2007-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Janluiji Buffon (33 million yevro);
Himoyachilar: Jon Terri (33), Pepe (30), Karles Puyol (30);
Yarim himoyachilar: Frenk Lempard (39,75), Stiven Jerrard (38,5), Kaka (70), Ronaldinyo (80), Lionel Messi (60);
Hujumchilar: Tyerri Anri (50), Andrey Shevchenko (46).

Foto: Transfermarkt

141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *