Goal24.uz » Foto lavhalar » Fotogalereya: Ular avvaliga bir jamoada o‘ynagan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan

Fotogalereya: Ular avvaliga bir jamoada o‘ynagan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan

Автор: admin

Futbol tarixida avvaliga bir jamoa sharafini himoya qilgan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan juftliklar ko‘plab topiladi. Bloger Khalid10 ularning ayrimlarini taqdim etdi.

Didye Desham (hozirda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi) va Alessandro del Pyero (hozirda Sky Sports sharlovchisi) — Ular vaqtida “Yuventus”da birga to‘p surgan. Keyinchalik Desham turinliklar klubida del Pyeroning ustoziga aylangandi
Foto: Khalid10

Vinchenso Montella (ishsiz) va Daniele de Rossi (faoliyatini yakunlagan) — Avvaliga ular Rim klubi sharafini birga himoya qilgan. Vaqt o‘tib Montella “Roma” bosh murabbiyiga aylangan
Foto: Khalid10

Vinchenso Montella va Totti (ishsiz) — Montella Italiya terma jamoasida yosh Totti bilan birga to‘p surgan. “Roma”da esa uning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Antonio Konte (“Inter” bosh murabbiyi) va Alessando del Pyero — Ular dastlab “Yuventus”da birga to‘p tepgan. Keyin esa Alessandro Turin jamoasida Kontening shogirdiga aylangan
Foto: Khalid10

Antonio Konte va Janluiji Buffon (“Yuventus”) — Italiya terma jamoasida harakat qilgan Konte va Buffon vaqt o‘tgach “Yuventus”da ham birga faoliyat yuritgandi
Foto: Khalid10

Zinedin Zidan (“Real” bosh murabbiyi) va Alvaro Arbeloa (“Real” elchisi) — Bu ikkisi vaqtida “Real”da birga o‘ynagan. Keyinroq Zidan “Real”da Arbeloaga ustozlik qilgan
Foto: Khalid10

Zinedin Zidan va Serxio Ramos — Hozirda “Real”ning ustozi va sardori bir vaqtlar Madrid klubida birga to‘p tepgandi
Foto: Khalid10

Karlo Anchelotti (“Everton” bosh murabbiyi) va Paolo Maldini (“Milan” sport direktori) — Italiya terma jamoasi jamoasida birga to‘p tepgan Karlo va Paolo vaqt o‘tgach “Milan”da ustoz-shogirdga aylangandi
Foto: Khalid10

Diego Maradona (“Ximnasiya” bosh murabbiyi) va Martin Palermo (ishsiz) — Ular “Boka Xuniors”da birga o‘ynagan. Keyinchalik Maradona Argentina terma jamoasida Palermoning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Diyego Maradona va Xuan Sebastian Veron — Maradona “Boka Xuniors”dagi yana bir sherigi Veronni Argentina terma jamoasiga jalb qilgandi
Foto: Khalid10

Diego Simeone (“Atletiko” bosh murabbiyi) va Fernando Torres (faoliyatini yakunlagan) — Ular bir vaqtlar “Atletiko”da birga to‘p tepgan. Vaqt o‘tgach Simeone madridliklar klubida Torresning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Pep Gvardilola (“Manchester Siti” bosh murabbiyi) va Karles Puyol (“Barselona” vakili) — Bir vaqtlar ular “Barselona”da birga harakat qilgan va keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan
Foto: Khalid10

Klarens Zeedorf (ishsiz) va Robinyo (“Istanbul Bashakshehir”) — Ular “Milan”da birgalikda to‘p surgan. Keyinroq Zeedorf milanliklar boshqaruviga kelgan va Robinyoga ustoz bo‘lgan
Foto: Khalid10

Klarens Zeedorf va Kaka (FIFA elchisi) — Zeedorfning “Milan”dagi yana bir sherigi va shogirdi — Kaka
Foto: Khalid10

Pep Gvardiola va Xavi (“As-Sadd” bosh murabbiyi) — “Barselona” afsonalari avvaliga katalon klubida birga to‘p tepgan, keyinchalik Pep Xavining ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Luis Enrike (Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi) va Xavi — Xavi “Barselona”da yana bir sobiq sherigi Luis Enrike qo‘l ostida ham o‘ynagan
Foto: Khalid10

Luis Enrike va Andres Inyesta — Luis Enrikening “Barselona”dagi yana bir sobiq sherigi, Inyesta keyinchalik shogirga aylangandi
Foto: Khalid10

Luis Enrike va Lionel Messi — Leo “Barselona”dagi ilk yillarida Enrike bilan jamoadosh bo‘lgan. Vaqt o‘tgach ular ustoz-shogirdga aylangan
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *