Goal24.uz » Foto lavhalar » Ronaldu va Messi o‘rtasidagi raqobatning boshlanishi, top-10 ni tark etgan Anri va Shevchenko. 2008-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi raqobatning boshlanishi, top-10 ni tark etgan Anri va Shevchenko. 2008-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Автор: admin

Transfermarkt portali 2008-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.
2008-yilda ham “Barselona” sobiq hujumchisi Ronaldinyo dunyoning eng qimmat futbolchisi nomini saqlab qolgandi (80 mililon yevro). Ikkinchi o‘rindagi Kaka ham (70 million yevro) o‘z joyida qolgan. Bir yil avval o‘nlikdan joy ololmagan Krishtianu Ronaldu (60) birdaniga 3-pog‘onaga ko‘tarilib olgandi. Xuddi shu narxga baholangan Lionel Messi esa to‘rtinchi o‘ringa joylashgan. 2007-yilda Top-5 dan o‘rin olgan Tyerri Anri va Andrey Shevchenkoga bu safar o‘nlikdan joy topilmagan.
2008-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:
1. Ronaldinyo — 80 million yevro

Foto: Getty Images
2. Kaka — 70 million yevro

Foto: Getty Images
3. Krishtianu Ronaldu — 60 million yevro

Foto: Getty Images
4. Lionel Messi — 60 million yevro

Foto: Getty Images
5. Stiven Jerrard — 45 million yevro

Foto: Getty Images
6. Zlatan Ibragimovich — 45 million yevro

Foto: Getty Images
7. Fernando Torres — 40 million yevro

Foto: Getty Images
8. Didye Drogba — 40 million yevro

Foto: Getty Images
9. Samyuel Eto’O — 40 million yevro

Foto: Getty Images
10. Franchesko Totti — 40 million yevro

Foto: Getty Images

To‘liq ro‘yxat:

Foto: Transfermarkt
2008-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Janluiji Buffon (33 million yevro);
Himoyachilar: Jon Terri (33), Rio Ferdinand (33), Serxio Ramos (32);
Yarim himoyachilar: Frenk Lempard (38), Stiven Jerrard (45), Kaka (70), Ronaldinyo (80), Lionel Messi (60);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (60), Zlatan Ibragimovich (45).

Foto: Transfermarkt

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *