Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YECHLdagi eng omadsiz futbolchilar ramziy jamoasi

YECHLdagi eng omadsiz futbolchilar ramziy jamoasi

Автор: admin

Darvozabon
Janluijji Buffon
Ushbu ro‘yxatimizdagi eng buyuk futbolchilardan biri. U JCH g‘olibi va o‘z davrining eng yaxshi darvozaboni, Chempionlar ligasi finaliga naq 3 bor yetib kelgan bo‘lsa-da, musobaqaning kumush medallari bilan chegaralanishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, qolgan futbolchilardan farqli ravishda unda barchasini o‘nglash uchun imkon mavjud.
Lilian Tyuram
Tyuram JCH va Yevropa chempioni sanalsada, biror marotaba YECHLda zafar quchmagan. O‘z vaqtida “Barselona”, “Yuventus” va “Parma” singari klublar sharafini himoya qilgan himoyachi uchun bu sovrin abadiy armon bo‘lib qolishi turgan gap.
Jorjo Kyellini
Klassik himoyachilarning so‘nggisi 15 yil davomida Italiyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, ikki bor YECHL finalida ispan klublariga mag‘lub bo‘lganidan xabaringiz bor. Maydonda chinakam jang qiluvchi futbolchi uchun bu sovrin qanchalar qadri ekanligini uning intervyularida bilib olish mushkul ish emas.
Fabio Kannavoro
Bugungi ro‘yxatda “Yuventus” futbolchilarning ko‘payib ketganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Bu bejizga emas. Turinda doimo super yulduzlar to‘p surishgan. Ayniqsa, so‘nggi 20 yil ichida “Yuve” 3 ta finalni boy berganivaziyatni chigallashtirib yuboradi. Kannavaro o‘z vaqtida “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganini inobatga olsak, bu futbolchining uy muzeyida YECHL oltin medallari bo‘lishi shart edi.
Janlukka Zambrotta
Yana bir JCH g‘olibi bilan himoyachilar ro‘yxatini yakunlaymiz. Afsuski, Zambrotta avvaliga “Milan”ga 2003-yilda finalni boy bergan bo‘lsa, keyin “Barselona”ni Gvardiola jamoaga kelishi bilan tark etadi. Qahramonimiz o‘z pozisiyaning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, boshqa hech qachon YECHL sovringa yaqin ham kela olmaydi.
Yarim himoyachilar
Patrik Viyeyra
Bugungi ro‘yxatimizdagi yana bir JCH g‘olibi. Patrik doimo o‘zi to‘p surgan jamoalarning yetakchisi bo‘lishga o‘rganib qolgan. Afsuski, uning “Arsenal”i 2006-yilda “Barselona”ga finalda mag‘lub bo‘ladi. Keyin “Yuventus”ga o‘tgan futbolchi karyerasining so‘nggi mavsumlarida “Inter” bilan shartnoma tuzadi. 2010-yilda Patrik katta pullar evaziga “Manchester Siti”ga o‘tib ketadi. “Inter” esa, Joze bilan Viyeyra ketgach Yevropa taxtiga ko‘tariladi.
 
Lotar Matteus
1990-yildagi “oltin to‘p” sohibi “Inter” va “Bavariya”da top darajada harakat qilganiga qaramay, YECHLda zafar quchish unga nasib etmadi. Eng alam qiladigan shundaki, Matteus “Manchester Yunayted”ga qarshi 1999-yildagi final uchrashuvining 80 daqiqasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, biroq uni zaxiraga olishlari bilan “qizil iblislar” g‘alabani ilib ketishdi. Afsuski, Lotar boshqa hech qachon YECHLga bu qadar yaqin kela olmadi.
Diyego Maradona
Maradona ikki bor YECHL uchun kurash olib borgan bo‘lsa, birida “Spartak”ka, ikkinchisida “Real Madrid”ga pley-offda imkoniyatni boy bergancha maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. Barcha Diyegoni Messidan JCHdagi g‘alaba tufayli balandroq qo‘yadi. Vaholanki, Maradona yaqin ham kela olmagan sovrindan Messida naqd 4 ta bor!
Hujumchilar
Roberto Badjo
Badjo nafaqat Italiya, balki butun futbol olamida o‘rganilmagan “durdona asar” sifatida hali-hamon qadrlanadi. Qahramonimiz faoliyati davomida bir nechta skudetto, UEFA kubogi singari musobaqalarda zafar quchgan, biroq 1995-yilda “Yuventus”ni tark etgani uchun YECHL g‘olibligidan mahrum bo‘lgan.
Ronaldo
Fenomenni bu ro‘yxatda ko‘rish biroz g‘alati. O‘z vaqtida “Barselona”, “Milan”, “Real Madrid” “Inter” singari super grandlar sharafini himoya qilgan qahramonimiz 2007-yilda “Milan”ning YECHL uchun bergan “zayavkasi”ga kiritilmagani uchun ham medallarsiz qoladi. Afsuski, “oltin to‘p” egasi o‘z avlodining eng kuchli futbolchisi bo‘lsada, sovrinsiz YECHL sovrinisiz qolib ketdi.
Zlatan Ibrahimovich
YECHL sovrini Zlatandan atayin qochib yurganga o‘xshaydi. Avvaliga qahramonimiz “Inter”dan “Barsa”ga o‘tdi va yakunda “Inter” YECHLda zafar quchdi. Keyin u Italiyaga qaytganida “Barselona” Yevropada tengsiz klubga aylandi. Juda qiziq va alamli tasodif.

169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *