Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Nyukasl» 4 nafar top-murabbiy nomzodini o‘rganmoqda

«Nyukasl» 4 nafar top-murabbiy nomzodini o‘rganmoqda

Автор: admin

«Nyukasl»ning bo‘lajak xo‘jayini – Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon superklub tuzishga jiddiy bel bog‘lagan.
Daily Star xabariga ko‘ra, shahzoda o‘z jamoasini top-murabbiylardan biriga topshirmoqchi. Ro‘yxatda Yulian Nagelsman, Massimiliano Allegri, Rafael Benites va Maurisio Pochettino nomi bor.
Ayni paytda Nagelsman «RB Leypsig» klubiga ustozlik qilmoqda. Benites Xitoyning «Dalyan Ifan» klubida ishlayapti. Allegri va Pochettino esa o‘tgan yildan beri ishsiz yurishibdi. Qayd qilish joizki, Benites avvalgi yillarda «Nyukasl»ni boshqargan.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon «Nyukasl»ni sotib olish haqida kelishuvga erishgani e’lon qilingan edi. Endi APL rahbariyati buni ma’qullashi talab etiladi.


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *