Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Alaba uchun da’vogarlar ortmoqda
 
Myunhenning “Bavariya” jamoasi universal futbolchisi David Alaba uchun kurashga Milanning “Inter” klubi ham qo‘shildi.
“Sport1” nashri bergan xabarlarga qaraganda, shaxsan Antonio Kontening o‘zi himoyaning istalgan nuqtasida to‘p surishga qodir futbolchini jamoada ko‘rishni istamoqda.
David Alabaning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Agar Myunhen jamoasi uni yozda transferga qo‘ymasam avstryalik futbolchi kelasi mavsumda erkin agent maqomini qo‘lga kiritishi mumkin.
“Yuventus” va “Chelsi” himoyachi almashadi
 
Turinning “Yuventus” jamoasi himoyachisi Aleks Sandro yozda “Chelsi” futbolchisiga aylanishi mumkin.
Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, “zebralar” futbolchisini “aristokratlar” himoyachisi Emerson bilan almashtirishga tayyorlanmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Sarrining o‘zi Emerson uchun Aleks Sandrodan voz kechishga tayyor. Londonda ham braziliyalik himoyachiga talab u qadar katta bo‘lmagani bois, bu transfer amalga oshishga juda yaqin turibdi.
Villian Qatarda?!


Angliyaning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian yozda “Al Duhayl” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Bu haqida “Footmercato” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, Qatar klubi bugungi kunda dunyoning eng badavlat jamoalaridan biri bo‘lib, unda Mehdi Benatia va Mario Manjukich singari ijrochilar to‘p surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Villian yozda erkin agentga aylanadi va o‘zi istagan jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Roma “Lokomotiv” bilan muzokaralar boshlaydi
 
Rimning “Roma” jamoasi yozda “Lokomotiv” yarim himoyachisi Aliksey Miranchuk bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “bo‘rilar” 24 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilishga qaror qilgan.
Ayni damda, futbolchining agenti “Roma”dan kelib tushgan taklifni rad etganicha yo‘q, biroq hozircha bu transfer haqida rasman e’lon qilinmadi.
“Yuve” o‘z uslubida
 
Turinning “Yuventus” jamoasi yozda “Roma” yetakchisi Nikola Zanyolani qo‘lga kiritishga urunib ko‘radi.
Calciomercato nashri bergan xabarlarga qaraganda, “zebra”lar yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Aaron Remzining o‘rnini aynan Nikola bilan to‘ldirishni reja qilishgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Yuventus” Zaniola uchun “Roma”ga Bernardeskini taklif etmoqchi. Agar “Roma” bu taklifni rad etsa, “Yuve” qo‘shimcha 20 million yevro to‘lashga ham rozi.

140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *