Goal24.uz » Foto lavhalar » 100 mln yevrolik Messi, top-10 ni egallagan ispanlar. 2010-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

100 mln yevrolik Messi, top-10 ni egallagan ispanlar. 2010-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Автор: admin

Transfermarkt portali 2010-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.
Ro‘yxat yetakchilari Lionel Messi (100 million yevro) va Krishtianu Ronaldu (90) orasidagi narx farqi 10 millionga yetadi. “Barselona”ning o‘sha vaqtdagi yulduzlari Xavi va Andres Inyesta keyingi pog‘onalarni band etgan. Ispaniya terma jamoasining JCh—2010 musobaqasidagi chempionligi top-10 likdagi futbolchilar narxiga katta ta’sir o‘tkazadi. Kuchli o‘nlikning teng yarmi Jahon Chempionlari bilan band bo‘ladi.
2010-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:
1. Lionel Messi — 100 million yevro

Foto: Getty Images

2. Krishtianu Ronaldu — 90 million yevro

Foto: Getty Images

3. Xavi — 65 million yevro

Foto: Getty Images

4. Andres Inyesta — 60 million yevro

Foto: Getty Images

5. Kaka — 60 million yevro

Foto: Getty Images

6. Fransesk Fabregas — 55 million yevro

Foto: Getty Images

7. Ueyn Runi — 55 million yevro

Foto: Getty Images

8. David Vilya — 50 million yevro

Foto: Getty Images

9. Fernando Torres — 50 million yevro

Foto: Getty Images

10. Frank Riberi — 50 million yevro

Foto: Getty Images

To‘liq ro‘yxat:

Foto: Transfermarkt

2010-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Iker Kasilyas (35 million yevro);
Himoyachilar: Jon Terri (35), Rio Ferdinand (35), Nemanya Vidich (35);
Yarim himoyachilar: Fransesk Fabregas (55), Xavi (65), Kaka (60), Andres Inyesta (60), Lionel Messi (100);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (90), Ueyn Runi (55).

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *