Goal24.uz » Ўзбекистон » O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 Qatarga uchta gol urdi

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 Qatarga uchta gol urdi

Автор: admin

Uchrashuvning 40-daqiqada jamoadoshidan to'pni qabul qilib olgan Bobir Abdixoliqov jarima maydonchasi ichidan turib aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.
44-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to'pga Husniddin Aliqulov boshi bilan zarba berib, hisobni 2 ta to'p farqiga oshirdi - 2:0.
70-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi - 3:0.
78-daqiqada qatarliklar Muhammad Vaad tomonidan urilgan gol bilan hisobni qisqartirishdi - 3:1.
SHunday qilib, O'zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqadan oldingi so'nggi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.  9 yanvar kuni terma jamoamiz musobaqaning 1-turini Eronga qarshi o'tkazadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 
O'zbekiston U-23 - Qatar U-23 - 3:1

Gollar: Bobir Abdixoliqov 40, - 1:0. Husniddin Aliqulov 44, - 2:0. Bobir Abdixoliqov 70, - 3:0. Muhammad Vaad 78, - 3:1.

O'zbekiston U-23: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Bobur Abdixoliqov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: Mashxur Muhammadjonov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Dilshod Saitov, SHerzod Nasrullaev, Oybek Rustamov, Abror Ismoilov, Islom Kenjaboev, Doston Ibragimov, Oybek Bozorov, SHarof Muhiddinov, Aziz Amonov, Mirjahon Mirahmadov.






foto: O'FA matbuot xizmati
215   
Добавить комментарий
Ваше имя: *