Goal24.uz » Жаҳон » Maqola. Dunyoning eng yaxshi futbol agentlari

Maqola. Dunyoning eng yaxshi futbol agentlari

Автор: admin

Natijalarni tahlil qilib, futbol tarixidagi eng yaxshi agentlarni saralash vaqti keldi.

Jorje Mendesh — qirol

Mijozlari: Ronaldu, Di Mariya, Falkao, Mourinyu, Joau Feliks
Mendesh — bu Portugaliya.
Jorje Portugaliya bozoriga 2002 yilda, Luish Figuni uning agenti Joze Veygdan tortib olganida kirib kelgan. O'shandan beri Mendesh o'z vatanida qandaydir nomaqbul ustunlikni yaratdi: deyarli barcha istedodli o'yinchilar, "Benfika" va "Portu"ning portugaliyalik yoki boshqa chet ellik futbolchilari GestiFute (futbolchilarga agentlik xizmatini ko'rsatadigan kompaniya) mijozlaridir.
Mendesh - bu "sakkizoyoq".
U klublarga kirib borib, rahbariyatga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qiladi va ularning klubini mijozlari bilan to'ldiradi. Mendesh 2013 yilda "Valensiya"ni bankrotlikdan qutqardi, "Monako"ni chempionlik poygasiga qo'shdi va endi "Vulverxempton" atrofida aylanib yuribdi — har holda murabbiy va xodimlarning kamida uchdan bir qismi GestiFute mijozi sanaladi. Mourinyuning "Real Madrid"da o'tkazgan davrida Mendeshning besh mijozi shu erda edi. O'shanda Florentino Peres portugaliyalik agentni "Real"ning haqiqiy prezidenti, deya hazillashgan.
Mendesh — bu imperiya.
2020 yilga kelib endi Mendesh klassik agent emas, balki o'z imperiyasining va global brendning bosh direktori. Jorje faqat elit mijozlar va global kelishuvlar bilan shug'ullanadi, qolgan shartnomalar uchun kichik xodimlar bor. Ular birgalikda alo darajada ishlaydilar - 2014 yilda Mendesh futbol agentlari orasida birinchi bo'lib bir milliard evrolik transfer qildi.
Jonatan Barnett — o'z kasbi inqilobchisi

Mijozlari: Beyl, Loftus-CHik, SHensni, Maunt, Saul
Britaniyalik ushbu shaxs etakchi futbol agentlari ro'yxatida turishga loyiq. 2013 yilda u uelslik elf - Garet Beylni "Real"ga 100 million evroga sotgan va 16 million evro foyda qilgan.
Barnettning boshqa xizmatlari ham mavjud.
Barnett 90-yillarning oxirida innovacion usul bilan futbolga kirib keldi: u 14 yoshli iqtidorli yoshlarni Angliya o'smirlar terma jamoasidan sotib oldi. Buni oldin kimdir amalga oshirgandek tuyuladi, ammo Barnettdan oldin hech kim futbolchilarni juda yoshligida "ovlash" mumkinligini tushunmagan.
Ushbu uslub Barnettga tegishli Stellar kompaniyasining asosiy xususiyatiga aylandi va tez tanilishiga yordam berdi: Stellar 2020 yilda ikki qitaning olti mamlakatida filiallariga ega, Jonatan qo'l ostida 50 ta agent ishlaydi va portfelida umumiy qiymati 1,28 milliard evroni tashkil etuvchi 400 dan ortiq o'yinchi bor. Bu esa futbol agentlari orasidagi rekord natija.
Barnettning ko'plab mijozlari — o'sha yoshlar jamoasi vakillaridir. Biroq, ularning ko'pchiligi allaqachon ulg'aydilar va Premer-liga yulduzlariga aylanishdi: Loftus-CHik, Maunt, Jeyms, CHiluell, Grilish.
Barnett faoliyatini boshlagan paytlarda, xaridorlarni qo'rqitmaslik uchun o'zining eski Honda mashinasini chekkaga qo'yishi kerak bo'lardi. 2019 yilga kelib, Forbes uni dunyodagi eng nufuzli futbol agenti deb tan oldi.

Mino Rayola — "qayta ixtiro qilingan" agentlik roli

Mijozlari: Ibragimovich, Pogba, De Ligt, De Yong, Mxitaryan
Rayola — agentlar dunyosining asosiy yulduzi va g'ayrioddiy xarakter egasi. 
Futbolchilar Rayolani yaxshi ko'rishadi. CHunki agent ularning hayotini o'zgartira oladi, butun dunyoga ularni maqtaydi ("Pogba Dalining surati kabi bebaho") va eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradi. Mino sakkiz tilda gaplasha oladi va har bir mijozining do'sti hisoblanadi.
Klublar va murabbiylar Rayoladan nafratlanishadi. U bir vaqtlar Pogbaning maoshi bo'yicha Fergyuson bilan tortishgan, Mino hatto boshqalarning ustidan mazax qilish va menejment bo'yicha bahslashishga qodir.
Rayolaning yutug'i ishlab topadigan mablag'i va katta nomlar uning mijozi bo'lganligida emas. Bu yigit futbol agentligi kasbini "qayta ixtiro" qilgan. Uning ro'yxatdagi mijozlari soyada qolishni yaxshi ko'radiganlar toifasidan ekanligi Rayolaga qo'l keladi, u shoumenlik va "firibgar"likni mohirona ijro qiladi. Rayola shunday agentki, u ommaga futbolchilardan ko'ra qiziqroq.
Ushbu turdagi promouterlar ko'pincha, Amerika boksida uchraydi, futbol uchun esa buni Rayola kashf qilgan.

Folker SHtrut — asosiy nemis agenti
Mijozlari: Roys, Kroos, Xevedes, Upamekano, Vaygl
SHtrut — nemis futbolining shahzodasi. Deyarli barcha eng yaxshi nemis futbolchilari unga qarab "suzmoqdalar".
Aynan u Kroosni "Real"ga (SHtrut kelishuvni nemis futbolidagi eng yaxshisi deb biladi) va Getceni "Bavariya"ga sotgan. Roys "Borussiya" (Dortmund)ning vatanparvar insoniga aylanib, agentni yangi yutuq bilan taminlamaganligi achinarli.
SHtrut hammaga individual tarzda yondashadi: uning telefonida 2500 ta kontakt bo'lib, har bir o'yinchiga shaxsan qo'ng'iroq qiladi va hatto ularning oilasi bilan tanishadi.
SHtrut 2015 yilda Gvardiola bilan mojaroga borgan — Pep Getceni zaxiraga "mixlaganida", agentning g'azabi qo'zg'agan:
 "Gvardiola Marioni yo'q qiladi. Nimaga "Bavariya"dagilar uni himoya qilmayotganiga tushunmayapman". 
Mario Getce Dortmunddan ketishini agentning tashabbusi bo'lganligini takidlab, SHtrutni qadrlamadi va uni ishdan bo'shatdi.
Kichik mojaro Folkerning obro'siga jiddiy ziyon keltirmadi: bir necha yil oldin u Bundesliganing eng yaxshi himoyachisi va o'zining navbatdagi top-transferi - "Leypcig"ning franciyalik futbolchisi Dayo Upamekano bilan shartnoma imzoladi.
SHtrut 2007 yilda SportsTotal kompaniyasini ochgan va 2018 yilda daromadi bo'yicha dunyodagi to'rtinchi raqamli futbol agentiga aylandi (yiliga 40 million evro ishlab topgan).

Pini Zaxavi — rekord transferlar mutaxassisi

 Mijozlari: Neymar, De Bryuyne, Ndombele, Moura
Pini Zaxavi — agentlar orasidagi qariya, u 40 yildan beri futbol bilan birga.
Zaxavi 70-yillarda sport jurnalisti sifatida ish boshlagan, tasodifan bir nechta isroillik futbolchilarga Angliyaga ko'chib o'tishida yordam bergan va jurnalistlikdan ko'ra agentlik faoliyatida ko'proq daromad olishi mumkinligini tushunib etgan. 
Isroillikning uslubi — yirik kelishuvlar
U 90 yillarda Fergyusonning ishonchli vakili bo'la oldi va "Manchester Yunayted" foydasiga muhim bitimlar tuzdi. Asosiy muvaffaqiyat — Ferdinandning 46 million evro evaziga "Lids"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi (ko'p yillar davomida u eng qimmat himoyachi bo'lib kelgan). Pini 2005 yilda Yakubu Ayegbenining "Portsmut"dan "Midlsbro"ga o'tgani tufayli Angliya futboli tarixidagi eng ko'p daromad (3.64 million funt)ni oldi.
Pini o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatdi va buni hammaga isbotlay oldi — Abramovichga "CHelsi"ni sotib olishga ko'maklashdi, Fergyusonning vorisini topishda yordam berdi. 
2010 yilning boshida Zaxavi "soya"da qoldi — pul o'tkazmalari sho'ba kompaniyalar orqali amalga oshirildi va isroillikning ishtirokini kuzatish qiyin bo'lib qoldi.
Pini 2017 yilda oxirgi yillarning asosiy transferiga rahbarlik qildi - uning ishtirokida PSJ Neymar uchun 222 million evroni o'rtaga "tikdi".
Transfer rekordi yana yangilanadigan bo'lsa, (pandemiya tufayli, bu yaqin orada yuz berishi qiyin) - bu shubhasiz, Pini Zaxavining mijozi bo'ladi.

Kia Jurabchian — klublar (ayniqsa, "SHaxtyor") uni yomon ko'rishadi
Mijozlari: David Luis, Koutino, Markinos, Felipe Anderson
Agentlik biznesida qardoshlik juda rivojlangan - agar siz Portugaliya yoki Angliyada tug'ilgan bo'lsangiz, demak, siz ushbu bozorga etibor qaratasiz. Kia Jurabchian bu tizimni "sindirdi": u Eronda tug'ilgan, ammo brazil futbolining qiroli bo'lgan.
Jurabchian sarmoyaviy biznesdan kelgani bois o'zi bilan birga mukammal usullarni olib kelgan. "Uchinchi tomondan egalik" u bilan boshlangan (Kia o'z mijozlari huquqlarini sotib oladigan jamg'arma tuzgan). SHu sababli klublar Kia mijozlari transferidan qo'shimcha pul olmaydilar: 2007 yilda "Manchester Yunayted" 14 million evroga Tevesni sotib olganiga qaramasdan "Vest Xem" atigi 2 million olgan — qolgani Jurabchian fondiga kelib tushgan.
Eronlikning "SHaxtyor" bilan hisob-kitobi. Jurabchian eng zo'r braziliyaliklarni topdi, U 2014 yilda mijozlarini Ukrainada qolish juda xavfli ekanligiga ishontirgan holda "SHaxtyor"ga uchishlarini taqiqladi va Evropaga transfer qildi.
"Kia shunchaki mafiya", — deydi g'azablangan Luchesku.
Jurabchian so'nggi yillarda asosiy etiborini klublarga qaratdi. U dastlab, "Inter" rahbariyati bilan do'stlashdi (Joau Mariu va Gabriel Barboza xaridini rasmiylashtirdi) va endilikda "Arsenal"da "Braziliya inqilobi"ni boshlamoqda. 

Konstantin Dumitrasku — kim?
Mijozlari: Kavani, Matich, Kante, Varan, Jiru, Kondogbia
Ruminiyalik agent kuchli agentlar safiga katta transferlar yoki o'ziga xos yondashuv orqali kirib kelmagan. 
Dumitrasku — bu futbol agentlarining o'ziga xos timsoli va stereotip(bir xil qolipdagi shaxs)lardan holi inson.
Konstantin Dumitrasku haqidagi malumotlar juda kam. U 80 yillarda Ruminiyani tark etgan, ozroq boks bilan shug'ullangan va 1994 yilda FIFA licenziyasini olgan.
Nega Dumitraskuning kompaniyasi - MSM (Mondial Sport Management) ofisi Germaniyaning Kelkxaym shahridagi taylandcha restoranda ro'yxatdan o'tgan?
Nima uchun Ruminiyada ruminiyalik agent haqida hech narsa bilishmaydi?
Nimaga u 25 yillik faoliyati davomida faqat bitta intervyu bergan?
Forbes 2017 yili Dumitrasku bo'yicha profayl yaratishga harakat qildi, lekin ular ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
"Men bunday holatga birinchi marta duch keldim. Biz janob Dumitrasku haqida deyarli malumot topa olmadik. Keyin biz u bilan shaxsan bog'lanishga harakat qildik, ammo nomalum odamlar buni amalga oshirish mumkin emasligini aytishdi", - deydi Forbes xodimi.
Forbes transfermarkt.de saytiga Konstantin bo'yicha so'rov yuborganida, ularning xatlari "spam" belgisi bilan ortga qaytib keldi. SHunday qilib, hatto Forbes bu yo'lda ojiz qoldi va Konstantinni ro'yxatdan olib tashlashni o'ylab qoldi. 
Dumitraskuning o'zi bu holatni hech ham g'alati emasligini va u italyan mafiyasidan yashirinishini takidladi.
423   
Добавить комментарий
Ваше имя: *