Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Lautaro vs Suares?!
“Inter” jamoasi hujumchisi Lautaro Martines “Barselona” rahbarlaridan ishonch kreditlarini qabul qilib oldi.
“Sport.es” nashri bergan xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar Martinesga Suares jamoada bo‘lishiga qaramay asosiy tarkibdan joy taqdim etilishini vada qilishgan.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi klub bilan shaxsiy shartnomasi borasida allaqachon kelishuvga erishib bo‘lgan. Endilikda, “Barsa” “Inter” bilan transfer summasini pasaytirish borasida muzokaralar boshlaydi.
Mourinyo ishsiz qolishi mumkin
 
Londonning “Tottenhem” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino kelasi mavsumda ishsiz qolishi mumkin.
“Talksport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, agar portugaliyalik murabbiy kelasi mavsumning ilk turlaridayoq kuchli to‘rtlikka kira olmasa, iste’foga chiqariladi. Manbaning ma’lum qilishicha, bu borada murabbiyni ham ogohlantirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Joze kelasi mavsumda pandemiya tufayli klubdan transferlar uchun katta mablag‘ olishga qodir emas.
Chereshev ortga qaytishi mumkin

Ispaniyaning “Valensiya” klubi yarim himoyachisi Denis Cherishevni yozda RPL klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin.
AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi rus klublari bilan allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, “Lokomotiv”, “Zenit” va “Spartak” Denis uchun yiliga 2,5 million yevro maosh to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” yozda rossiyalik futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan.
“Galatasaray” futbolchisi APLda?!
 
Turkiyaning “Galatasaray” jamoasi himoyachisi Kristian Luyindama yozda “tumanli albion”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida Turkiyaning “Miliyet” nashri ma’lum qilmqoda. Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Aston Villa” va “Vulverhempton” jamoalari qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi 2019-yilda jamoa safiga kelib qo‘shilgan bo‘lib, Turkiya chempionatining 21 ta o‘yinida maydonga tushgan.
Pyanich rozi bo‘ldi
 
Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Barselona” jamoasiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.
“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi Sarri qo‘l ostida to‘p surmaslik uchun klubdan ketishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi Pyanich uchun Artur, Arturo Vidal yoki Ivan Rakitichni “Yuventus”ga taklif qilishi kutilmoqda.

127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *