Goal24.uz » Foto lavhalar » Ronalduning qallig‘i Krishtianuning imzosi tushirilgan futbolkani auksionga qo‘ydi (foto)

Ronalduning qallig‘i Krishtianuning imzosi tushirilgan futbolkani auksionga qo‘ydi (foto)

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning qallig‘i Jorjina Rodriges xayriya auksioniga bir nechta buyumlarni qo‘ydi. Ular orasida portugaliyalik futbolchining imzosi tushirilgan futbolka ham bor.

«Hozir qiyin pallani boshdan kechiryapmiz. Shifoxonalar, hamshiralar, shifokorlar va qolgan tibbiyot xodimlari sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtoj. Xuddi, infeksiyaga chalinganlar kabi.

Ispaniya koronavirusdan ko‘p jabr chekdi. Shu bois, men yordam berishga qaror qildim. Men Ronalduning 4ta buyumi va uning imzosi tushirilgan futbolkasini tanlab oldi. Auksiondan tushgan barcha pullar Ispaniyadagi shifoxonalarga o‘tkazib beriladi», — deya yozdi Rodriges instagram orqali.

Manba: sport24.ru

90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *