Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » "Latsio" Luis Suaresni Italiyaga olib ketmoqchi

"Latsio" Luis Suaresni Italiyaga olib ketmoqchi

Автор: admin

Rimning "Latsio" klubi "Uotford" hujumchisi Luis Xaver Suaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya klubi 22 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun APL jamoasiga 15 million evro taklif qilgan. Ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga yana bir necha million evroga ortishi mumkin.
Bundan tashqari Suaresga "Betis", "Valensiya", "Atletiko" va "Napoli" klublaridan ham qiziqishlar bor. U joriy mavsumni “Saragosa” safida ijarada o‘tkazmoqda va 29 ta o‘yinda 17 ta gol urdi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *