Goal24.uz » Жаҳон » Pele qanday qilib "Real"ga emas, "Nyu-York Kosmos"ga o'tgan edi?

Pele qanday qilib "Real"ga emas, "Nyu-York Kosmos"ga o'tgan edi?

Автор: admin

Unga ko'ra, Pele Braziliyani tark etmasligi va unga milliy meros sifatida qarash kerakligi, Peleni asrash lozimligi bo'yicha topshiriq bo'ladi. U paytlar arablarning milliardlari hali Evropaga kirib kelmagan. Hech kutilmaganda, “Nyu-York Kosmos“ degan jamoa, jahon sahnasiga chiqadi. Ular Pele bilan ko'p yillik shartnoma imzolagan edilar.

Axmet va Nesuxi Ertegyunlar (Turkiyada tavallud topgan tadbirkorlar) tomonidan 1970 yil tashkil qilingan klub, “Warner Communications” kompaniyasi egasi Stiv Ross tomonidan muvaffaqiyatga erishadi. Stiv Pele bilan aloqaga chiqqanida, unga qirol, “Real“ va “Yuventus“ qiziqish bildirayotgan paytda, futbol haqida umuman o'ylamaydigan AQSH borishi mumkinligiga ishonishini so'raydi. Stivning javobi undan ham zo'r bo'ldi. Sen Evropada yana bitta ortiqcha kubokka ega bo'lishing mumkin, Amerikada esa, butun mamlakatni qo'lga kiritasan. SHu bilan gap tugadi, Pele Braziliya uni qo'yib yubormasligi va bu borada hukumat qarori borligini aytadi.

Bir kuni Pelega qo'ng'iroq bo'ladi. Seni AQSHga o'tishinga qarshilik bildirmaymiz, go'shakdan kelgan ovoz Ernestu Bekmenniki edi. Bu inson 1974-1979 yillar davomida Braziliyada prezidenti bo'lgan. Ross bilan aloqaga chiqqan Pele, — Agar Siz shunday ishlarga qodir bo'lsangiz, demak, qo'lingizdan hamma narsa keladi.
SHu tariqa, Pele Nyu-Yorkka tashrif buyurdi. Bu AQSHda futbolni ravnaqiga juda katta tasir qildi. Pele orzusidagi Evropa, millionlab translyaciya daromadlaridan quruq qolishdi. AQSHda futbolga bo'lgan etibor oshdi. Ross juda aqlli odam edi. U Pele bilan nafaqat klub bo'yicha, balki 10 yilni o'z ichiga olgan uning brendini targ'iboti bo'yicha ham shartnoma imzolagan edi.

Pele ketidan “Lacio“ afsonasi Jorjo Kinalya ham jamoa safiga kelib qo'shildi. Pele esa o'z o'rnini, yana bir afsona, Franc Bekkenbauerga bo'shatdi.
Barchasini aytib bersam, qizig'i qolmaydi.

121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *