Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» sobiq hujumchisi Gvardiolaning muvaffaqiyati aslida kimga tegishli ekanligini aytdi

«Barselona» sobiq hujumchisi Gvardiolaning muvaffaqiyati aslida kimga tegishli ekanligini aytdi

Автор: admin

«Barselona» klubi sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov Pep Gvardiolaning Kataloniya klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
«Gvardiola «Barsa» bosh murabbiyiga aylangan damda uning vazifasi qiyin emasdi. Sababi u klubning yoshlar jamoasi infrastrukturasi bilan juda yaxshi tanish bo‘lgan. 
Pep asosiy jamoaga kelib, Frank Raykard yiqqan tarkibni qabul qilib olgandi. Messi va boshqa bir qator futbolchilar aynan Raykard qo‘l ostida debyut qilgan va tanilishga ulgurgandi. Bu jamoa Gvardiolasiz ham yuqori cho‘qqilarni zabt eta olgan bo‘lardi. Axir, jamoada Terri Anri, Deku, Ronaldino, Xavi, Rafa Markes, Karles Puyol, Viktor Valdes singari ajoyib o‘yinchilar yig‘ilgandi. Andres Inesta va Pedro esa jamoani tark etganlar o‘rnini egallagandi. Raykard davridayoq mustahkam poydevor qo‘yilgandi», - deydi «Barselona»ning bolgariyalik mashhur hujumchisi Mirror'ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik mutaxassis Frank Raykard 2003-2008 yillar davomida «Barselona» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, ikki karra Ispaniya chempioni va bir marta Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.


85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *