Goal24.uz » Жаҳон » Marca dunyoning eng yaxshi stadionlarini aniqladi

Marca dunyoning eng yaxshi stadionlarini aniqladi

Автор: admin

Ispaniyaning Marca nashri ovoz berish natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi stadionlari reytingini e’lon qildi.
1-o‘rinni Qohiradagi «Xalqaro» stadioni egalladi. Misrning «Al-Ahli» klubi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan ushbu arena 124 ming ovoz to‘plagan. 2-o‘rin 54 ming ovoz olgan Madriddagi «Santyago Bernabeu»ga,  3-o‘rin 32 ming ovoz to‘plagan Kataloniyadagi «Kamp Nou»ga nasib etdi.

Eng ko‘p ovoz olgan o‘yingohlar o‘nligi:
1. Qohira «Xalqaro» stadioni («Al-Ahli» klubi  o‘ynaydi, Misr)
2. «Santyago Bernabeu» («Real», Ispaniya)
3. «Kamp Nou» («Barselona», Ispaniya)
4. «San-Mames» («Atletik» B, Ispaniya)
5. «Monumental» («Kolo-Kolo», Chili)
6. «Vanda Metropolitano» («Atletiko» M, Ispaniya)
7. «Bombonera» («Boka Xuniors», Argentina)
8. «Enfild» («Liverpul», Angliya)
9. «Signal Iduna Park» («Borussiya» D, Germaniya)
10. «Stade Rades» («Esperans», Tunis).


327   
Добавить комментарий
Ваше имя: *