Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Manba: "Barselona" "Uotford" futbolchisini sotib olishi mumkin

Manba: "Barselona" "Uotford" futbolchisini sotib olishi mumkin

Автор: admin

"Uotford" chap qanot himoyachisi, hozirda "Osasuna"da ijaraga to‘p surayotgan Pervis Estupinyan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini 10 million yevroga sotib olishga va keyin uni boshqa ispan klubiga ijaraga berishga tayyor. Ushbu jamoa "Valyadolid" bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, Osasuna Estupinyanni 2021 yil yozigacha ijaraga olgan va kelishuv muddati tugamaguniga qadar u bilan xayrlashishni istamayabdi, ammo "Uotford" o‘yinchini muddatidan avval qaytarish imkoniyatiga ega.
Manba: Sport.es

72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *