Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 500 ming yevro xayriya qildi

Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 500 ming yevro xayriya qildi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi vatani Argentinaga yordam qo‘lini cho‘zdi.
TyC Sports xabariga ko‘ra, futbolchi 500 ming yevro mablag‘ni Garraxan jamg‘armasiga o‘tkazib berdi. 
Bu pullar 8ta kasalxonaga taqsimlandi va shifokorlar uchun himoya vositalari, ko‘p parametrli monitorlar va boshqa zarur jihozlar uchun sarflandi. Shuningdek, 5ta o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasi sotib olindi.
«Biz ishimizning e’tirof etilishidan juda mamnunmiz. Bu mablag‘lar Argentina sog‘liqni saqlash tizimiga yordam bo‘ladi», – dedi jamg‘arma ijrochi direktori Silviya Kassab.
Avvalroq, Messi Kataloniyaning koronavirusga qarshi kurash jamg‘armasiga 1 mln yevro o‘tkazib bergan edi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, Argentinada koronavirus yuqtirib olganlar soni 6 mingdan ortgan, ularning 305 nafari vafot etgan.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *