Goal24.uz » Европа жамоалари » "Real"ning sobiq futbolchisi Zidanning harakatlarini sharmandali deb hisobladi

"Real"ning sobiq futbolchisi Zidanning harakatlarini sharmandali deb hisobladi

Автор: admin

Italiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi va hozirda Madridning "Real" klubini boshqarayotgan Zinedin Zidanni 2006 yilgi Jahon chempionati finalida olgan qizil kartochkasi uchun tanqid qildi.
"Men Zidanni va uning faoliyatini hurmat qilaman, lekin u o‘sha bahsda juda ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan. U faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini mana shunday sharmandalik bilan yakunlagan. Maydonda istalgan gapni gapirish mumkin va bu maydonni o‘zida qolishi kerak. Zidan maydonni qay ahvolda tark etayotganini ko‘rish men uchun og‘ir bo‘lgandi", - Kannavaroning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.

117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *