Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Maguayr birga to‘p surgan eng iqtidorli futbolchini aytdi

Maguayr birga to‘p surgan eng iqtidorli futbolchini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr faoliyati davomida o‘zi bilan birga to‘p surgan futbolchilar orasidan eng iqtidorli futbolchi deya Markus Reshfordni ko‘rsatdi.
«Reshford bilan Angliya milliy jamoasi safida birga to‘p surib, uning iqtidorini ko‘rib qoyil qolganman. Uning harakatlarini ta’riflashga gohida so‘z topa olmayman. Uni oldinda ajoyib karera kutmoqda.
Jamoa sardori sanalsam-da, Reshfordda ham yetakchilik qobiliyati borligini sezaman. Markus har bir o‘yinda jangga qilishga tayyor futbolchi. U og‘ir jarohati sabab aksariyat o‘yinlarda o‘ynay olmagan bo‘lsa-da, karantindan keyin yordam bera olishiga ishonaman. Uning yordami jamoamiz uchun juda muhim. Reshford men birga to‘p surgan eng iqtidorli futbolchi», - deydi «MYU» himoyachisi Maguayr.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsumda APL doirasidagi 22 o‘yinda 14ta golga mualliflik qildi.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *