Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Rakitich uchun da’vogarlar soni oltitaga etdi

Rakitich uchun da’vogarlar soni oltitaga etdi

Автор: admin

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich uchun da’vogarlar soni ortishda davom etmoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun 6-jamoa kurashga qo‘shilgan. Gap “Latsio” haqida ketmoqda. Rimliklar unga 2023 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqda.
Rakitich uchun "Atletiko", "Sevilya", "Yuventus", "Inter" va "Tottenxem" klublari ham kurash olib bormoqda.
Ivan Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *