Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » "Liverpul"ning rejasi o‘zgaradigan bo‘ldi

"Liverpul"ning rejasi o‘zgaradigan bo‘ldi

Автор: admin

"Napoli" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Petr Zelinskini tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda Corriere del Mezzogiorno nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli polshalik futbolchiga "Liverpul"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagach, neapolliklar rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilishga qaror qilishgan. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv esa 2025 yilga qadar imzolanishi aytilmoqda. Uning tovon puli esa 100 million evro etib belgilanadi.
Zelinski joriy mavsum “Napoli” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.


98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *