Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » "MYU" Saul transferi borasida kelishuvga erishdi

"MYU" Saul transferi borasida kelishuvga erishdi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Saul Nigesning transferi bo‘yicha "Atletiko" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Todofichajes"ning yozishicha, klublar o‘yinchining yakuniy narxini kelishib olishga muvaffaq bo‘lishgan. "Matraschilar" rahbariyati Saulning narxini 150 million yevrodan (shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli) 80 million yevrogacha ("Manchester Yunayted" sport direktori Ed Vudvordning so‘nggi taklifi) kamaytirishga rozi bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, Madrid klubi ayni paytdagi moliyaviy noaniqlik tufayli narxni tushirishga rozi bo‘lgan, chunki koronavirus epidemiyasi sababli futbolchilarning narxi keskin pasayishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, Nigesning sotib olinishi "Yunayted"ga Pol Pogbani sotishga va bu orqali Saulga sarflangan pulning katta qismini qoplashga imkon beradi.
Manba: readfootball.com

77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *