Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » "Bavariya"ning muhlati tugamoqda

"Bavariya"ning muhlati tugamoqda

Автор: admin

"Bavariya" klubi “Inter”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Ivan Perishichning taqdiri bo‘yicha tezroq bir qarorga kelishi kerak.
La Gazzetta dello Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, myunxenliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferini 15 maygacha sotib olish huquqiga ega.
Eslatib o‘tish lozimki, “Bavariya” Perishichni 2019 yilning yozida 20 mln evroga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olgan edi. Ivan joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.


90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *