Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » "Fede Valverde hikoyasi". Unga Moratani yiqitishni kim aytganligi malum bo'ldi

"Fede Valverde hikoyasi". Unga Moratani yiqitishni kim aytganligi malum bo'ldi

Автор: admin

"Atletiko" yarim finalda "Barselona"ga 1:2 hisobida yutqaza turib, 2ta gol urgan holda kambekni amalga oshirgan va finalga yo'l olgan edi. Finalda esa muxlislar "Madrid derbisi"ga guvoh bo'lishdi. "Qirollik klubi" bungacha "Valensiya"ni mag'lub etib finalga etib kelgandi. Poytaxt derbisi kutilganidek murosasiz tarzda kechayotgan edi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va ekstra-taymlarga murojaat qilindi. Federiko Valverde esa 114-daqiqasida chetlatildi. U "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning orqasidan yiqitdi. Agar ushbu vaziyatda qo'pollik ishlatilmaganida, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi vaziyatdan unumli foydalangan holda o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi.
O'yin penaltilar seriyasigacha etib bordi va unda omad "qaymoqranglilar"ga kulib boqdi. "Real" esa chempion. Urugvaylik yarim himoyachi esa qizil kartochka olganiga qaramasdan o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga sazovor bo'ldi.
Valverde yaqinda bergan intervyusida unga Moratani yiqitishida Ramos sababchi bo'lganini aytdi.
"Morataga etib olish uchun orqasidan yugurgandim. Men ikkilanganman, agar uni to'xtatish uchun yiqitsam, to'g'ri ish qilgan bo'lamanmi deb. SHu payt orqadan menga: "O'ldir uni" degan ovoz eshitildi. Bu Serxio Ramos edi", - deydi Valverde.





Oblak: "Valverde bizni yaqqol gol urish imkoniyatimizdan mahrum qildi. O'yin penaltigacha bordi, penalti - bu lotereya. Ular gol urishni uddalashdi, biz esa yo'q. Endi boshni baland ko'tarish va o'ynashni davom ettirish kerak. O'sha folni ko'rish yoqimsiz edi. Bu haqiqiy qizil kartochka. U bunday qarori orqali bizni gol urish imkoniyatidan mahrum qildi. "Real" o'yinchilarini tabriklayman. Biz ushbu kubokni yutmoqchi edik, ammo omadimiz kelmadi". 



Simeone: "Aynan u o'yinni yutdi. Bu Valverde uchun muhim vaziyat edi. Men unga xavotir olmasligini, uning o'rnida boshqasi bo'lganda ham shunday qilishini aytdim".


Valverde: "Albatta, men bunday qo'pol o'ynamasligim kerak edi. Men Moratadan uzr so'radim. Bu men qilishim mumkin bo'lgan yagona ish edi. Butun boshli murabbiylar shtabi meni qo'llab-quvvatladi. Simeone ham majbur bo'lmasada bu haqda menga gapirdi".


135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *