Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL afsonalari «Oltin to‘p» g‘oliblari reytingini tuzib chiqishdi

APL afsonalari «Oltin to‘p» g‘oliblari reytingini tuzib chiqishdi

Автор: admin

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchilari — Ian Rayt va Alan Shirer 1992 yildan beri "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan futbolchilar orasida o‘z reytingini tuzib chiqishdi.

Rayt birinchi o‘ringa "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsa, Shirer 6 karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messini eng yuqoriga pog‘onaga joylashtirdi. Har ikkisining reytingida so‘nggi 10-o‘rinni Roberto Badjo egalladi.

Ian Rayt reytingi:

1. Krishtianu Ronaldu (2008, 2013, 2014, 2016, 2017)
2. Lionel Messi (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019)
3. Ronaldo (1997, 2002)
4. Ronaldinyo (2005)
5. Zayniddin Zidan (1998)
6. Marko van Basten (1992)
7. Kaka (2007)
8. Rivaldo (1999)
9. Luish Figu (2000)
10. Roberto Badjo (1993)

Alan Shirer reytingi quyidagicha:

1. Lionel Messi (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019)
2. Krishtianu Ronaldu (2008, 2013, 2014, 2016, 2017)
3. Ronaldo (1997, 2002)
4. Zayniddin Zidan (1998)
5. Marko van Basten (1992)
6. Ronaldinyo (2005)
7. Kaka (2007)
8. Luish Figu (2000)
9. Rivaldo (1999)
10. Roberto Badjo (1993).
Manba: soccernews.ru

141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *