Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Yuventus» maoshlarni chegaraladi, Pogbaning transferi xavf ostida qolishi mumkin

«Yuventus» maoshlarni chegaraladi, Pogbaning transferi xavf ostida qolishi mumkin

Автор: admin

«Yuventus» klubi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sharoitda og‘ir moliyaviy inqirozga duch kelgan. 
Daily Mail xabariga ko‘ra, shu tufayli turinliklar maoshlarning yuqori chegarasini belgilab olishgan. Endi klub futbolchilarga yiliga 10 mln yevrodan ortiq ish haqi to‘lamaydi.
Avvalroq «Yuventus» sobiq yarimhimoyachisi Pol Pogbani qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning «Manchester Yunayted»dagi maoshi yiliga 15 mln yevro ekani inobatga olinsa, transferning qanday amalga oshirilishi mavhum bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, «Yuventus» yetakchisi Krishtianu Ronaldu yiliga 30 mln yevrodan ortiq maosh oladi. Yangi qoidalar unga ham joriy qilinadimi yoki chetlab o‘tadimi, bu haqda ham ma’lumot keltirilmagan.


85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *