Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Transferlarsiz «Siti»ning tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?

Transferlarsiz «Siti»ning tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?

Автор: admin

Transferlarsiz «Siti»ning tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?
Bugungi kunda “Manchester Siti” transferlar uchun barchadan ko‘p pul sarflayotgan jamoalardan biri sanaladi. Ayniqsa, jamoa ruliga Pep Gvardiola kelgach, bu yanada yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Afsuski, transferlar sababli klub akademiyasidagi futbolchilar o‘zlarini to‘liq namoyish eta olmayapti. Bir tasavvur qilip ko‘ring, agar jamoa safida faqat akademiya tarbiyalanuvchilari harakat qilishganida, tarkib qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?
Darvozabon
Kasper Shmeyxel (33 yosh, transfer qiymati - 9,5 million yevro)
E’tiborlisi shundaki, Kasper 7 yil davomida “shaharliklar” akademiyasida shug‘ullanadi. Afsuski, asosiy tarkibda juda kam o‘yin o‘tkazdi. O‘sha davrlarda Jo Xart umuman almashtirib bo‘lmas futbolchi sifatida daniyalik darvozabonga imkoniyat qoldimagani bois, Kasper “Notts Kaunt”ga yo‘l oldi. Bugungi kunda “Lester” jamoasi darvozasini qo‘riqlab kelmoqda.
Himoyachilar
Kiran Trippyer (29 yoshtransfer qiymati - 28 million yevro)
“Tottenhem”dagi o‘yinlari bilan omma e’tiboriga tushan futbolchi “shaharliklar” akademiyasida 9 yil tahsil olganidan xabaringiz bormi? Kiran 2007-yilda “Manchester Siti” bilan professional shartnoma imzolaganidan-chi? Afsuski, futbolchigashartnomasi bo‘la turib ham birorta uchrashuvda maydonga tushish nasib etmadi. Turli klublardagi ijaralardan so‘ng, uni “Tottenhem” sotib oladi.
Ayni damda “Atletiko” sharafini himoya qilayotgan qahramonimiz Simeonening eng yoqimtoy futbolchilaridan biri sanaladi.
Ben Mi (30 yosh, transfer qiymati - 8 million yevro)
Ben uzoq muddat “Siti” akademiyasi va yoshlar jamoasida to‘p surganiga qaramay, asosiy jamoaga qadar ko‘tarila olmadi. Oqibatda uni “Byornli”ga 2011 yilda ijaraga berib yuborishdi. Ijara so‘nggida kamtarin klub himoyachini transfer summasini to‘lagancha himoyachini o‘z safida olib qoldi.
Ayni damda ham qahramonimiz “Byornli” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.
Jeyson Denayr (24 yosh, 12 million yevro)
Jeyson 2014-yilda ilk bor “Siti” bilan professional shartnoma imzolagach, 2018-yilga qadar kuchli raqobat sababli “Seltik”, Galatasaroy” va “Sanderlend” singari jamoalarda ijara asosida to‘p surdi.
2018-yilda “Lion” iqtidorli himoyachi uchun “Siti”ga 6,5 million yevro to‘ladi va uni o‘z futbolchisiga aylantirdi.Dinayr bugungi kunda “Lion”ning chinakam yetakchilaridan biri bo‘lishga ulgurgan.
Pablo Maffeo (22 yosh, transfer qiymati - 2,4 million yevro)
Pablo 2013-yilda “Manchester Siti” akademiyasiga qabul qilinadi. Afsuski, “shaharliklar” futbolchi uchun bir bora imkon berishmadi va “Jirona”ga ijaraga berib yuborishdi. E’tiborlisi shundaki, Maffeo Ispaniyada chinakamiga o‘zini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinroq, “Siti” iqtidorli futbolchini “Shtutgart”ga 9 million yevro evaziga sotib yubordi. Afsuski, Bundesliga Pabloning o‘yin uslubini qabul qilmadi shekilli, u zaxiraga mixlanib qoldi. Keyin u yana “Jirona”ga qaytib ketdi.
Yarim himoyachilar
Denis Suares (26 yosh, transfer qiymati - 9,5 million yevro)
Denisni barcha “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi deb taxmin qiladi. Aslida unday emas. Suares “Manchester Siti” akademiyasida 3 yil shug‘ullangach, aytarli hech narsaga erisha olmaydi va Ispaniyaga qaytib ketadi. Keyin “Barselona”dagi omadsiz mavsumdan so‘ng, muxlislar e’tiboridan chetda qoladi.
Qahramonimiz bugungi kunda “Selta” sharafin munosib himoya qilib kelmoqda.
Fil Foden (19 yosh, 27 million yevro)
Fil bolaligidan beri “Manchester Siti” muxlisi sanaladi. 8 yoshida klub akademiyasidan joy olgan futbolchi barcha yosh toifalaridagi jamoalarda sardor sifatida to‘p suradi va asosiy jamoaga qadar ko‘tariladi. 17 yoshida debyut uchrashuvida maydonga tushgan Fodenning kelajagi porloq. Boz ustiga, Pep uni David Silvaning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.
Roni Lopesh (24 yosh - transfer qiymati 10 million yevro)

“Shaxarliklar” yoshlar jamoasining chinakam yetakchisi Roni Lopesh barchaning tiliga tushganiga qaramay, asosiy jamoadan taklif kelib tushmadi. Asosiy jamoadagi raqobat tufayli “Monako”ga o‘tib ketdi.
“Monako” Lopeshni 12 million yevroga sotib oldi va ko‘p o‘tmay 25 million evaziga “Sevilya”ga pullab yubordi. Lopesh bugungi kunda ham Andalusiya shahrida istiqomat qilmoqda.
Jeydon Sancho (20 yosh, transfer qiymati - 117 million yevro)
2015-yilning mart oyida “Manchester Siti” yoshlar jamoasiga kelib qo‘shilgan Sancho Fil Foden singari asosiy jamoaga o‘tishi taxmin qilingan edi, biroq yakunda barcha tamomila o‘zgacha ko‘rinish oldi. Kutilgan ishonch krediti taqdim etilmagach, futbolchi “Borussiya Dortmund”ga o‘tib ketdi. Endi uni qo‘lga kiritishni istaganlar 117 million yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, dortmundliklar bir mavsum ilgari Jeydon uchun atigi million yevro to‘lashgan edi,xolos.
Hujumchilar
Daniyel Starrij (30 yosh, transfer qiymati - 8 million yevro)
Aslida Starrij doimo iqtidorli futbolchi sanalgan, biroq tinimsizjarohatlar uning karyerasini barbod qildi. “Raqslar ustasi”ning jarohatlari sababli “shaharliklar” u bilan shartnoma imzolashdan bosh tortishadi. Keyin “Chelsi”, “Liverpul” singari jamoalarda to‘p surgan futbolchi bugungi kundajamoasiz qolib ketdi.
Kelechi Ixeanacho
2014-yilda klub akademiyasiga tashrif buyurgan hujumchi bir yil o‘tib asosiy jamoada debyut qiladi. Nigeriyalik atletqanchalar urunmasin, Aguero va Jezussingari ijrochilarga raqobatni boy berib qo‘yadi. Keyin, “shaharliklar” uni 28 million yevro evaziga “Lester”ga sotib yuborishdi.
Avvaliga Ixeanacho “tulkilar”ga moslashib keta olmadi, biroq hozir hammasi o‘z joyida.


186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *