Goal24.uz » Foto lavhalar » Kuchli uchlikka kirgan Beyl, barqaror top-10. 2013-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Kuchli uchlikka kirgan Beyl, barqaror top-10. 2013-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Автор: admin

Transfermarkt portali 2013-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.
2013-yilda ham Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bir yil avvalgi narxni saqlab qolgan holda yetakchilikda davom etadi. Uchinchi o‘rinda esa yangi nom paydo bo‘ladi: “Tottenhem”dan rekord narx evaziga “Real” safiga qo‘shilgan Garet Beyl ro‘yxatning kuchli uchligidan o‘rin oladi.
Top-10 likdagi nomlar va narxlar deyarli o‘zgarmaydi. 2012-yilgidan farqli ravishda Robin van Persi va Luka Modrich o‘rnini Beyl va Edinson Kavani egallaydi.
2013-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:
1. Lionel Messi — 120 million yevro

Foto: Getty Images
2. Krishtianu Ronaldu — 100 million yevro

Foto: Getty Images

3. Garet Beyl — 80 million yevro

Foto: Getty Images
4. Andres Inyesta — 70 million yevro

Foto: Getty Images

5. Ueyn Runi — 65 million yevro

Foto: Getty Images

6. Radamel Falkao — 60 million yevro

Foto: Getty Images

7. Edinson Kavani — 60 million yevro

Foto: Getty Images

8. Fransesk Fabregas — 55 million yevro

Foto: Getty Images

9. Serxio Aguero — 51 million yevro

Foto: Getty Images
10. David Silva — 50 million yevro

Foto: Getty Images


To‘liq ro‘yxat:

Foto: Transfermarkt
2013-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Iker Kasilyas (35 million yevro);
Himoyachilar: Serxio Ramos (40), Xerard Pike (40), Tiago Silva (40);
Yarim himoyachilar: Sesk Fabregas (55), David Silva (50), Garet Beyl (80), Andres Inyesta (70), Lionel Messi (120);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (100), Ueyn Runi (65).

132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *