Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » "Barselona" sobiq futbolchisi: «Bosimga dosh bera olmaganman»

"Barselona" sobiq futbolchisi: «Bosimga dosh bera olmaganman»

Автор: admin

Kataloniyaning «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi va sobiq hujumchisi, ayni paytda faoliyatini «Uotford» klubida davom ettirayotgan Jerar Deulofeu «Kamp Nou»dagi davrini esga oldi.
«Sen qachonki «Barselona» futbolchisi bo‘lsang va yosh bo‘lishingga qaramasdan asosiy tarkibdan joy olsang - muxlislar va matbuotdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Sizni tom ma’noda qadamba-qadam kuzatishadi. Hamma sizdan Inyestaning yo‘lidan borishingizni yoki dunyoni eng yaxshi futbolchisi Messining vorisi bo‘lishingizni kutishadi.
Bunday bosim bilan kurashish chidab bo‘lmas darajada. Yosh futbolchilarni muammosiz o‘sishi kerakligini tushunish muhim. Faoliyatingizni dastlabki bosqichlarida sabr bilan ishlay olishingiz muhim, lekin aftordagilarning barchasini nigohi sizda bo‘lsa, u holda o‘zingizni takomillashtirib olishingiz juda qiyin», — dedi Jerar Deulofeu.

83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *