Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Agar Rossiya chempionati muddatdan avval tugatilsa SHomurodov "Rostov"dan ketadi. Unga Bundesligadan aniq taklif bor

Agar Rossiya chempionati muddatdan avval tugatilsa SHomurodov "Rostov"dan ketadi. Unga Bundesligadan aniq taklif bor

Автор: admin

"Keyingi mavsum Bundesligani yanada ko'proq o'zbekistonlik muxlislar tomosha qilish ehtimoli yuqori. Biroz avval Eldor SHomurodovning agenti bilan gaplashdim va undan qandaydir yangilik so'radim.

Agar Rossiya premer-ligasining bu yilgi mavsumi muddatdan avval tugatilsa, SHomurodov klubdan ketishi 100 foiz aniq. Agar Rossiya chempionati davom ettirilsa o'z-o'zidan Eldor "Rostov"da o'ynaydi.

Bugungi kunda O'zbekistonning eng mashhur hujumchisiga Germaniya, Ispaniya va Italiya klublaridan jiddiy qiziqish bor. Kelishuvga ko'ra klublar nomi oshkor etilmaydi. Eldor va uning agenti uchun hozirda birinchi o'rinda Germaniya klubining taklifi turibdi. Undan keyin Ispaniya, so'ngra Italiya klubi takliflari o'rganilmoqda.

SHunday ekan, keyingi mavsum SHomurodov Germaniya Bundesligasida o'ynashi mumkin", - dedi championat.asia asoschilaridan biri Gayrat Xasbiullin "Tezkor studiya"ning kechagi sonida.

98   

Shuningdek tavsiya qiling

5-05-2020, 03:52

"Futbol retro talqinda"

21-04-2020, 07:00

"Futbol retro talqinda"

9-04-2020, 08:11

"Futbol retro talqinda"

Добавить комментарий
Ваше имя: *