Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi koronavirusga qarshi choralar to‘g‘risidagi fikrini aytdi

Messi koronavirusga qarshi choralar to‘g‘risidagi fikrini aytdi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasi sharoitida qabul qilingan karantin cheklovlari to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir istalgan joyda kasallik yuqtirib olish mumkin. Uydan chiqqaningdayoq xatarga uchraysan. Bunga juda ham qattiq e’tibor qaratmaslik lozim, chunki ko‘chaga chiqmaslikning iloji yo‘q. 
Ammo qoidalarga rioya qilishning muhim ekani va xavfsizlik choralarini ko‘rish shart ekanini yaxshi tushunib turibmiz», - deb Messi so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati 2 oydan beri to‘xtab turibdi. Mamlakatda xavfli virusni yuqtirib olganlar soni 230 mingdan oshgan. 
Bu mavsumda Messi barcha musobaqalarda 31ta o‘yinda maydonga tushib, 24ta gol urgan va 16ta golga hammualliflik qilgan.


79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *