Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Toni Kroos: «Real»da yana 3 yil o‘ynamoqchiman, Premer-ligada to‘p surishga ulgurmasam kerak»

Toni Kroos: «Real»da yana 3 yil o‘ynamoqchiman, Premer-ligada to‘p surishga ulgurmasam kerak»

Автор: admin

«Real» klubi yarimhimoyachisi Toni Kroos keyingi faoliyati haqida gapirdi.
«Shartnomam bo‘yicha «Real»da yana uch yil davomida to‘p suraman. Madriddagi faoliyatimdan qoniqayapman. Angliya Premer-ligasida to‘p surish orzusi? Bilmadim, Madriddagi shartnomam yakunlanganida 33 yoshda bo‘laman. Bu yoshda o‘zimga «jismonan qanday holatdaman, yangi chempionatda to‘p surishni istaymanmi?» - deya savol berib qanday javob bera olishimga bog‘liq. Balki o‘shanda «kel, Angliyada bir yil to‘p surib, kuchimni sinay», deyishim ham mumkindir. Ammo buni tasavvur qilishim qiyin. Qolaversa, APLda jismoniy jihat muhim ahamiyat kasb etadi», - deydi germaniyalik yarimhimoyachi.
Ma’lumot uchun, Toni Kroos ushbu mavsumda «Real» safida jami 33 o‘yinda 5ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *