Goal24.uz » Ўзбекистон » Maksim Shatskix: 2009-yilda “Bunyodkor”dan taklif bo‘lgandi

Maksim Shatskix: 2009-yilda “Bunyodkor”dan taklif bo‘lgandi

Автор: admin

“Bunyodkor” gurkiragan o‘sha yillarda menga taklif bo‘lgandi. Adashmasam, 2009-yil boshida bu borada men bilan bog‘lanishgan. Biroq bu yerda “Dinamo Kiyev”, Yevropa Chempionlar Ligasi... “Bunyodkor”ga o‘tish esa faoliyatim asta-sekin yakunlayotganini anglatgandek bo‘lardi. Shunchaki meni “Dinamo”da shunday holat kutayotganini, barchasi qayg‘uli tugashini bilmasdim. Taklif bo‘lgan, biroq men uni rad etganman”, — deydi Shatskix.
Shuningdek, “Rotor” murabbiyi kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi yoki klublaridan taklif tushadigan bo‘lsa, uni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.
“Nimaga endi yo‘q. Agar takliflar bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyorman”, — deydi Shatskix.
Maksim Shatskix futbolchilik faoliyati mobaynida “Dinamo Kiyev”, “Lokomotiv Ostona”, “Arsenal Kiyev”, “Goverla” va boshqa bir qator klublarda to‘p surgan.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *