Goal24.uz » Transfer » 2019 yilning eng yaxshi 10 transferi

2019 yilning eng yaxshi 10 transferi

Автор: admin

2019 yilning eng yaxshi transferlari ro‘yxatidan o‘zlari uchun sarflangan mablag‘larni oqlay olgan 10 futbolchi joy oldi. Bu futbolchilarning har biri yangi jamoasini jiddiy darajada kuchaytirdi, ular kutilganidan ko‘ra muvaffaqiyatliroq o‘ynab keta olishdi.
10. Benjamen Pavar, «Shtutgart»dan «Bavariya»ga

O‘tgan yil yozida «Bavariya» Bundesliganing autsayder klubidan u qadar katta bo‘lmagan summa evaziga jahon chempionini transfer qildi. Myunxenliklar klubi 35 mln yevro to‘lab o‘ng qanotda ham, himoya markazida ham harakatlana oluvchi universal himoyachini qo‘lga kiritishdi. 23 yoshli fransuz yangi jamoasiga tez kirishib ketdi va jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylandi. «Bavariya»da Pavar himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatish bilan birgalikda, hujumlarga ham faol qo‘shiladi - 16 o‘yinda 2 gol va 2 golli pas.
9. Mateo Kovachich, «Real»dan «Chelsi»ga

Ko‘pchilik «Chelsi» o‘tgan yil yozida Kovachichning transfer huquqini «Real»dan sotib olganini sezmay qoldi ham. Lekin 2018/19 yilgi mavsumda ijara asosida o‘ynayotganidayoq ushbu xorvatiyalik yarimhimoyachi Londonda qolishi ma'lum edi. U yorqin futbol namoyish etdi va juda ko‘p a'lo o‘yinlar o‘tkazdi. Joriy mavsumda ham ushbu havbek londonliklarga ko‘p foyda keltirdi. Mateo universallashgan, u hujum qilishda ham, himoyalanishda ham birdek yaxshi harakat qiladi. Bundan tashqari, u gol ham urib turadi.
8. Torgan Azar, «Borussiya» Myonxengladbaxdan «Borussiya» Dortmundga

Torgan yildan yilga yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va endi u akasining soyasida emas. Ushbu havbek o‘tgan yozda Myonxengladbaxni Dortmundga almashtirdi va Bundesligada porlashda davom etdi. Hozirda u Favr jamoasining eng foydali futbolchilaridan biridir. Gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha «Borussiya»da u faqat Roys va Sanchodan ortda qoladi. Germaniya chempionatida o‘tkazilgan 16 o‘yinda u 4 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, 7 golga uzatma berdi. Shubhasiz, Azarning transferi – dortmundliklarning yakunlanayotgan yildagi eng omadli transferi bo‘ldi.
7. Aaron Van-Bissaka, «Kristal Pelas»dan «Manchester Yunayted»ga

22 yoshli Van-Bissaka «MYu»ga o‘tgach tarixdagi eng qimmat uchinchi angliyalik futbolchiga aylandi. «Qizil iblislar» o‘ng qanot himoyachisi uchun 55 mln yevro sarflashdi va buning uchun afsuslanishmadi. Joriy mavsumda Aaron – Sulsher jamoasini yelkasida ko‘tarib yurgan futbolchilardan biri bo‘lmoqda. Bu yosh himoyachi APLda raqiblardan to‘p olib qo‘yishda yetakchi bo‘lib turibdi. U har o‘yinda o‘rtacha 4,4 marta raqibni to‘psiz qoldirmoqda, APLning 10-turi doirasida «Norvich»ga qarshi kechgan o‘yinda u kosmik natija qayd etdi - raqib futbolchilaridan 11 marta to‘pni olib qo‘yib, mavsum rekordini o‘rnatdi. 16 turda «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yinda esa u Sterlingni «cho‘ntagiga solib oldi». U kabi himoyachini Angliyadagi barcha klublar orzu qiladi.
6. Erling Holand, «Molde»dan «Red Bull Zalsburg»ga, keyin «Borussiya» Dortmundga

2019 yilning yanvar oyi boshida «Zalsburg» hali Yevropada hech kim tanimaydigan yosh forvard Erling Holandni sotib olgandi. Avstriyaliklar klubi norvegiyalik futbolchi uchun «Molde»ga atigi 5 mln yevro to‘lagandi, shu kunlarda «Zalsburg» bu futbolchini «Borussiya» Dortmundga 20 mln yevro evaziga sotdi (futbolchining agenti Mino Rayola 15 mln yevro, futbolchining otasi Alf-Inge Holand esa 10 mln yevro oldi). Holand mavsumni haddan tashqari yorqin o‘tkazmoqda. Avvaliga 19 yoshli forvard YeChLdagi debyut bo‘limida het-trik qayd etib, turnir rekordini o‘rnatdi. Keyin muvaffaqiyatlarini davom ettirib, guruh bosqichida qatorasiga 5ta o‘yinda gol urdi, guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra faqat Robert Levandovskidan ortda qolib, ikkinchi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Unga butun Yevropa bo‘ylab haqiqiy ov boshlandi. Avvaliga «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «RB Leypsig» klublarida bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar yuqori ekani haqida xabarlar tarqaldi, ammo yakunda «Borussiya» «uloqni ilib ketdi». «Zalsburg» «Liverpul» va «Napoli» bilan bir guruhda uchinchi o‘rinni egalladi, shu tufayli avstriyaliklar klubi uni pley-offga chiqqan nemis klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
5. Rodri, «Atletiko»dan «Manchester Siti»ga
Ispaniyalik havbek transferi «Manchester Siti» tarixidagi eng qimmatbaho transfer bo‘ldi. «Shaharliklar» ushbu 23 yoshli yarimhimoyachi uchun 70 mln yevroni ayab o‘tirishmadi. Lekin bu futbolchi katta mablag‘ga arziydi. Gvardiola rejalashtirgani kabi Rodri ilk mavsumdayoq «Siti»ning maydon markazidagi asosiy futbolchisiga aylandi — u 34 yoshga chiqqan Fernandinoning o‘rnini munosib egalladi. Hozirda ispaniyalik o‘z vaqtida raqib hujumlarini buzishda braziliyalik futbolchi bajargan ishdan ko‘proq ishlarni bajarmoqda, shu bilan birgalikda vaziyatlar yaratishda ham maydondagi eng yaxshilardan biri bo‘lmoqda.
4. Vissam Ben-Yyedder, «Sevilya»dan «Monako»

Ben-Yyedderni transfer qilish orqali monegasklar «nuqtasiga urishdi». 40 million yevro sarflab olib kelingan fransuz forvard to‘xtovsiz gol ura boshladi va «Monako» oyoqqa turishiga yordam berdi. Hozirda u nafaqat o‘z klubining, balki Liga 1ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U raqiblar darvozasiga Mbappedan ko‘proq gol urgan. Agar Ben-Yyedder ikkinchi davrada ham shunday sur'atda to‘p sursa, monegaskliklar yevrokuboklar hududi uchun kurashishadi.
3. Kvinsi Promes, «Sevilya»dan «Ayaks»ga

Niderlandiyaga o‘tgach avvaliga Promesning ishlari o‘xshamay turdi. U ko‘p vaqtni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazar, o‘z kuchini namoyish etishga imkon bo‘lmasdi. Ammo keyinroq «Ayaks» bosh murabbiyi ten Haag Kvinsi uchun ideal rol topib berdi – hujumlarni yakunlovchi. Natijada u haddan tashqari ko‘p gol ura boshladi va ayni vaqtda 14 gol bilan «Ayaks»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdIkardining «PSJ»ga ijaraga o‘tishi barcha tomon uchun manfaatli bo‘ldi. «Inter» klub rahbariyati bilan ham, muxlislar bilan ham munosabatlarini yomonlashtirgan muammoli futbolchidan qutuldi. Ikardi yana doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, «PSJ» esa asosiy hujumchilari safdan chiqqan vaqtda yuqori toifali forvard bilan tarkibni kuchaytirdi. Mauro Fransiya chempionatiga juda tez kirishib ketdi va tinimsiz gol ura boshladi. Argentinalik futbolchi bu chempionatning birinchi mavsumida 9 gol urishga ulgurdi. «PSJ»da asosan Mbappeni asosiy hujumchi sifatida ko‘rishadi. Undan tashqari, Neymar va Kavani ham bor. Shunday ekan, fransuzlar baribir ijara muddati tugagach Ikardini Italiyaga qaytarishsa kerak.
1. Romelu Lukaku, «Manchester Yunayted»dan «Inter»ga

Joze Mourino «MYu»dan ketgach Lukaku Angliyada ortiqcha futbolchiga aylanib qoldi. Shu tufayli o‘tgan yil yozida «Inter» belgiyalik futbolchi uchun 65 mln yevro to‘lashganida, «neradzurri»lar isrofgarchilik qilgandek ko‘ringandi. Ammo Lukaku o‘z o‘yini bilan barchasi aksincha ekanini ko‘rsatdi. Uni «Chelsi»daligidayoq sotib olishni istagan Antonio Konte rahbarligida Romelu yana gol mashinasiga aylandi. Aynan Lukakuning gollari evaziga «Inter» hozirda Italiya chempionligi uchun «Yuventus» bilan tengma-teng raqobat qilmoqda.


416   
Добавить комментарий
Ваше имя: *