Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Alfonso Areola

Taniqli “Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Londonning “Arsenal” klubi yozda sifatli darvozabon sotib olish orqali Bert Leno uchun sog‘lom raqobat hosil qilmoqchi
Manbaning ma’lum qilishicha, “kononirlar” “Real Madrid”da ijara asosida harakat qilayotgan Alfonso Areolani qo‘lga kiritishni reja qilishmoqda.
“Qirollik klubi” Areolani sotib olmoqchi emas. Shu sababli, Parij klubi Alfonsoni transferga qo‘yishga tayyor. Sababi, klub Keylor Navasning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilgan.
Samedu uchun kurash boshlandi
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi qanot himoyachisi Nelson Samedu yozda katta ehtimol bilan klubni tark etadigan ko‘rinadi. Futbolchi uchun asosiy da’vogarlar “Yuventus” va “Manchester Siti” jamoalari bo‘lib turibdi.
“Shaharliklar” portugaliyalik futbolchi uchun Joa Konseluni berishga tayyor. Turin klubi esa, Sameduni Pyanichning transferiga qo‘shib olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ va “Tottenhem” jamoalari himoyachi bilan qiziqish bildirgan, biroq ish muzokaralarga qadar yetib bormagan edi.
Yovich uchun kurash avjida
 
Madridning “Real” jamoasida o‘z o‘rnini topa olmagan hujumchi yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurganidan xabaringiz bori.
“Serbiyalik forvordning hizmatlari bilan “Arsenal” jamoasi qiziqib qoldi”,- deb xabar bermoqda “Football Espana” nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Pyer-EmerikaObameyangni o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Futbolchining o‘zi ham London jamoasidan kelib tushadigan takliflarga ochiq ekanligini rasman e’lon qilgan. Hozircha, Luka Yovichning agenti rasmiy ma’lumot bilan chiqqanicha yo‘q, biroq “Real” qayta sotib olish sharti bilan serbni sotib yuborishga tayyorligini ma’lum qilib ulgurdi.
“Manchester Yunayted” arzonroq variant izlamqoda

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida izlanish olib borayotganidan xabaringiz bor.
Taniqli ESPN bergan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa nishonida “Borussiya M” klubi hujumchisi Alassan Plea turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, nemis klubi o‘z yetakchisini 25 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu summa bugungi kunda “qizil iblislar”ni to‘liqqanoatlantiradi.
Shuningdek, fransuzning o‘zi ham klubini almashtirishni istamoqda. U kuchliroq chempionatda to‘p surish uchun maoshi kamayib ketishiga ham tayyor.
“Lester” uni sotmaydi!
 
“Angliyaning “Lester” jamoasi o‘z yarim himoyachisi – Uilfred Ndidi borasidagi birorta taklifni ko‘rib chiqmasligini rasman e’lon qildi”,-deb xabar bermoqda BBC nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, “tulkilar” nigeriyalik yarim himoyachini 50 million yevro evaziga ham sotmaslikka qaror qilgan. Yarim himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istagan “Manchester Yunayted” va PSJ klublari o‘zlari uchun boshqa futbolchi izlashlariga to‘gri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ndidi bilan Turinning “Yuventus” jamoasi qiziqish bildirgani haqida ma’lumot bergan edik.

233   

Shuningdek tavsiya qiling

11-05-2020, 03:25

Transfer olamidagi yangiliklar

17-01-2020, 07:22

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *