Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Nagelsmann «Leypsig»ning mavsumdagi asosiy maqsadini ma’lum qildi

Nagelsmann «Leypsig»ning mavsumdagi asosiy maqsadini ma’lum qildi

Автор: admin

«Leypsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Bundesliganing 26-turidan o‘rin olgan «Frayburg»ga qarshi bahsdan so‘ng (1:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Agar jadvalga qarsangiz, «Bavariya» har yili peshqadamlik qiladi. Juda ko‘p ochkolarni yo‘qotdik va doimiy tarzda gollar ura olmadik. «Bavariya» esa har o‘yinda gollar urish borasida ishonchli.
Kuchli to‘rtlikdan o‘rin olish – mavsumdagi asosiy maqsadimiz. Shundagina o‘z vazifamizni bajargan bo‘lamiz. 
O‘yinning dastlabki 25 daqiqasida ustunlik qildik, keyin to‘p bilan ishlashda sabrsiz bo‘ldik va yetarli hujum qilmadik. Ikkinchi bo‘limda aql bovar qilmas ustunlikka erishdik, juda ko‘p qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Lekin chuqur himoyalangan raqibga atigi 1ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldik», – deb Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi Bild.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *