Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Mertens bir shart bilan «Napoli»da qolishi mumkin

Mertens bir shart bilan «Napoli»da qolishi mumkin

Автор: admin

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

"Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi klub bilan yangi 2 yillik shartnoma imzolashga tayyor, lekin u rahbariyat oldiga bitta talab qo‘ymoqda: shartnoma imzo chekkani uchun jamoa unga katta miqdorda mukofot puli to‘lashi kerak.

Mertensning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi. Unga "Inter" tomonidan qiziqish mavjud.

Dris ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Manba: soccernews.ru

101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *