Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » "Liverpul" maydon markazini italiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

"Liverpul" maydon markazini italiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

Автор: admin

"Liverpul" ham "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Il Tempo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 20 yoshli italiyalik iqtidor egasini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Rim klubi esa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz tufayli Dzanoloni sotishga tayyor. Unga esa "Liverpul"dan tashqari “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘lmoqda.
Nikolo Dzanolo joriy mavsum “Roma” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *