Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Milik qoladimi?

Neapolning “Napoli” jamoasi hujumchisi – Arkadiush Milik yozda jamoasini almashtirishga juda yaqin turibdi.
Italiya nashrlari bergan xabaralrga qaraganda, polshalik futbolchi klubdan ketishi 90 foiz hal etilgan. Uning keyingi klubi “Yuventus” yoki “Atletiko Madrid” bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Napoli” jamoasi o‘z forvordini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini rasman e’lon qilgan edi.
Vertongen uchun kurash avjida
 
Angliyaning “Tottenham” jamoasi himoyachisi Yan Vertongen tez orada Italiya klublaridan birida ko‘rinish berishi mumkin.
Bu haqida “TheSun” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada ma’lum qilishicha, himoyachining agenti bilan Italiyaning “Roma” va “Napoli” klublari aloqaga chiqishgan. Hozircha, belgiyalik futbolchining o‘zi “shporlar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. Shu sababli, uni Italiya klublari yozda erkin agent sifatida qo‘lga kirtishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vertongen bilan Belgiya va Gollandiya klublari jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.
Serjinyo uchun kurash avjida
 
Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi qanot himoyachisi – Serjino Des uchun kurash avjiga chiqmoqda. Taniqli “Bild” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi uchun asosiy da’vogar “Bavariya” bo‘lib turibdi.
19 yoshli futbolchi uchun shuningdek PSJ va “Barselona” jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Ayaks” o‘z futbolchisini sotishga tayyor. Myunhen klubi Dest uchun 18 million yevro taklif etmoqchi, biroq gollandlari iqtidorli futbolchini 25 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Katta ehtimol bilan, Myunhen klubi Destni ilib ketish uchun 25 milliondan voz kechadi. Sababi, David Alaba yozda klubni tark etishga tobora yaqin kelmoqda.
“Yuventus” hujumchi izlamoqda
 
Turning “Yuventus” jamoasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Gonsalo Iguainning o‘rnini egallashga qodir hujumchi izlashni boshlab yubord.
Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada yozilishicha, “zebralar” yozda “Vulverhempton” hujumchisi Raul Himenesni o‘z safiga qo‘shib olish variant ustida ish olib bormoqda.
Hozircha, “bo‘rilar” hujumchisini sotish haqida ma’lumot berganicha yo‘q, biroq Turin klubi meksikalik forvord uchun katta summa taklif etsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Transfermarket portali 29 yoshli hujumchini 45 million yevroga baholamoqda.
Chelsi” Jorjinyoning narxini ma’lum qildi
 
Londonning “Chelsi” klubi markaziy yarim himoyachi Jorjinyoni yozda sotib yuborishga qaror qilganidan xabaringiz bor.
“The Times” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” italiyalik futbolchi uchun 70 million yevro talab qiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining klub tuzgan shartnomasi 3 yildan so‘ng o‘z yakuniga yetgani bois, uni qo‘lga kiritishni istagan jamoalar 70 milliondan kam to‘lamasliklari kerak deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi bilan Turinning “Yuventus”, “Inter” va “Roma” klublari qiziqib qolgan. Futbolchining o‘zi ham agar “Chelsi”dan ketsa, faqat Italiya klublaridan birga o‘tishi mumkinligi haqida rasman ma’lumot berib o‘tdi.

311   

Shuningdek tavsiya qiling

14-05-2020, 19:21

Transfer olamidagi yangiliklar

11-05-2020, 03:25

Transfer olamidagi yangiliklar

11-04-2020, 07:23

Transfer olamidagi yangiliklar

24-12-2019, 08:10

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *