Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqib oldi

La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Ispaniya La Ligasining 19-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi va qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Korrea va Felipening gollariga mehmonlardan Marti javob berdi.
G‘alabadan so‘ng «Atletiko» ochkolarini 35taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Levante» esa 26 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga, 19-tur
Atletiko M – Levante 2:1
4 yanvar, «Vanda Metropolitano»
Gollar: Korrea (13), Felipe (18) – Roxer Marti (16). 
Atletiko: Oblak, Lodi (Vitolo, 63), Himenes, Tripper, Felipe, Tomas, Errera, Korrea, Saul, Felish (Valera, 87), Morata. 
Levante: Fernandes, Kabako, Postigo, Tono, Koke, Kampanya, Rochina (Ernani, 72), Bardi, Radoya (Vukchevich, 85), Mayoral (Morales, 46), Roxer Marti.
Ogohlantirishlar: Tomas (27), Rochina (43), Kabako (52), Vukchevich (90).


148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *